Boku, Tbilisi, Istanbul, Moskva va Minsk xalqaro aeroportlari Toşkentdagi kabi şaharning markazida emas. Bu şaharlarga samolyotda uçgan kişi borki, albatta qöngan aeroportidan çiqqaç şahar markazigaça ma’lum masofa yöl yurişiga töğri keladi. Kun.uz muxbiri uşbu şaharlardagi aeroportlardan şaharning markazigaça qanday qilib oson va arzon yetib oliş haqida tavsiyalari bilan bölişdi.

Röyxatimizdagi ilk davlat – Ozarboyjon

Dunyoning eng gözal 5 yulduzli aeroportlaridan biri Boku tayyoragohidan şaharga çiqişdan oldin, eng avvalo, pullarimizni ayirboşlab olişimiz kerak. Aeroportlarda valuta kurslari sotib olişda juda qimmat, sotişda esa juda past narxlarda böladi. Şu sababli yoningizda 10 yoki 20 dollarlik kupyura bölsa, foydadan xoli bölmaydi. Qolgan pullaringizni şaharga yetib olgaç, yaxşiroq qiymatlarda almaştirib olaverasiz.

Şahar markazigaça 20 kmdan oşib qoladigan masofa uçun taksi xizmatlari juda qimmat. Lekin qulay transportlar ham yöq emas. Tayyoragoh qarşisidan Bokuning “28 may” metro bekatigaça qatnovçi ekspress avtobuslar har soatda yölga çiqadi. Uşbu transport xizmatidan foydalaniş şaharga yetib oliş uçun eng çöntakbop usuldir. Faqat unga çiqiş oldidan aeroportda “Boku” transport kartasini xarid qiliş kerak böladi.

Karta uçun 2 manat yoki 14 ming söm, ekspress avtobus xizmati uçun esa 1,3 manat, ya’ni 9 ming söm – jami 3,3 manat yoki özbek sömida taxminan 23 ming söm bilan Ozarboyjon poytaxtiga yarim soatda yetib borasiz.

Keyingi manzil – Gurjiston

Tbilisi aeroportidan ham 20 AQŞ dollariça qiymatdagi pulni Gurjiston larisiga ayirboşlab olamiz. Terminaldan çiqib, öng tomonga yursak, bekatdan 337-raqamli avtobus bizni poytaxt markaziga eltib qöyadi va bunda Bokudagidek şahar transport kartasi talab etilmaydi. Yo VISA plastik kartasi, yoki avtobus haydovçisidan naqd pulga sotib olinadigan çipta bilan şaharga yetib olasiz.

Çipta narxi 1,5 lari. Bu taxminan 7 ming özbek sömiga teng. Yöl haqi Bokuga nisbatan arzon, lekin bu ekspress avtobus emas. Uşbu jamoat transporti orqali har bir bekatga töxtab-töxtab, 1 soat deganda 20 kmça uzoqlikdagi Tbilisi markaziga yetib olasiz.

Qulay aeroport – Istanbul

Dunyoning eng qulay tayyoragohlaridan biri bölmiş Istanbul xalqaro aeportida hammasi juda oson. Şunçaki, terminal içidagi “çiqiş” işoralari orqali harakatlanamiz, avtobus belgisi körsatilgan yönalişlar böyiça yurib, aeroportning eng pastki qavatiga tuşamiz.

U yerdan Istanbul va Bursaning bir neçta nuqtalariga ekspress avtobus qatnaydi. Ular heç qanday bekatlarsiz, töğri şahar içiga kirib boradi. Kioskalarda sotiladigan çipta narxlari 136 turk lirasi yoki 61 ming sömga töğri keladi.

Arzon çipta va mehmonxonalar-çi?

Gap arzon sayohat haqida ketar ekan, eng birinçi navbatda hamyonbop samolyot çiptalari va mehmonxonalarga ehtiyoj sezamiz. Şunday paytda aviasales.uz platformasi yordamga şay. Yoki uning ilovasi orqali özingiz uçun eng qulay davlat, kun va narxlarda çiptalarni xarid qiling. Biratöla şu ilovadan mehmonxonalarni ham band qilib, evaziga 5 foizli keşbek pullarini ham hamyoningizga qaytarib oling va özingizga mos sayohat rejasini tuzing!

Moskvaning 2-yirik aeroporti – Domodedovo

Uşbu gavjum aeroportdan çiqişingiz bilan 1185-raqamli qizil rangli ekspress avtobuslar 250 Rossiya rubli evaziga (tölov naqd pul va Rossiyada sanksiyaga tuşmagan boşqa plastik kartalari orqali) sizni yölda heç qanday bekatlarga töxtamasdan, yarim soatda Moskvaning “Domodedovo” metro bekatigaça eltib qöyadi. Bu taxminan 30 000 sömga teng.

Minsk aeroportidan şahargaça

Belarus poytaxti Minsk aeroportidan çiqişingiz bilan terminal ostonasidan “300-E” raqamli avtobus yoki “1400” raqamli marşrut mikrobuslari mos ravişda 5 va 6 Belarus rubli (18 000 söm va 22 000 söm) bilan poytaxt markazi – temiryöl vokzaligaça 1 soatda sizni olib borib  qöyadi. Bu ekspress transportlarining oraliq qatnaş vaqti esa 1 soat 20 daqiqani taşkil qiladi. Tölovlarni naqd şaklda va tölov kartalari orqali amalga oşiriş mumkin.

Bu rubllar Rossiya rubliga qaraganda ança qadrli ekan. Aniqroq aytganda, 1 belarus rubli 30 rus rubliga teng.

Uşbu avtobuslar aeroportdan 24/7 rejimda har 1 soat-u 20 daqiqa davomiylikda yurib, şahar markaziga 1 soat deganda yetib boradi. Biz avtobusga ulgurmadik. Undan taşqari 1400 raqamli marşrut ham avtobus yölkira narxidan unçalik farq qilmaydigan qiymatda manzilingizga eltib qöyadi. Yöl haqini naqd pulda ham tölayverasiz. Narxi 5-6 belarus rubli. Ya’ni bizning özbek sömida avtobus uçun 18 ming söm, marşrut uçun esa 22 ming söm atrofida pul tölaysiz.

Şunday qilib, 5 ta davlat aeroportidan şaharlar markazigaça bölgan eng arzon transportlar reytingi quyidagiça:

  1. Gurjiston – 7 000 ming söm;
  2. Belarus – 18 000 ming söm;
  3. Ozarboyjon – 23 000 ming söm;
  4. Rossiya – 30 000 ming söm;
  5. Turkiya – 61 000 ming söm.

Özbekistonda esa bu miqdor 1400 sömni taşkil qiladi. Ya’ni Toşkent xalqaro aeroportidan çiqişingiz bilan şahar va şahar jamoat transportlari bekatiga çiqib borasiz. Barçaga yoqimli sayohat!

Sardorbek Usmoniy