Yevropada yangi xavfsizlik tizimi barça mamlakatlar, jumladan, Rossiya manfaatlarini hisobga olgan holda yaratilişi kerak. Bu haqda Fransiya taşqi işlar vaziri Katrin Kolonna 3 sentabr, yakşanba kuni çop etilgan Le Monde gazetasiga bergan intervyusida aytib ötdi.
«Men Ukrainadagi vaziyat Rossiyaga nisbatan öta salbiy munosabat şakllantirayotganini tuşunaman. Biz Rossiyaga emas, balki uning xatti-harakatlariga, Ukraina manfaati hamda butun dunyoda tinçlik va xavfsizlik uçun mağlub etilişi kerak bölgan Rossiya agressiyasiga salbiy munosabatdamiz», dedi Kolonna.
Taşqi işlar vaziri «Rossiya bor va bundan keyin ham şunday böladi», deb ta’kidladi. «Haqiqat, tarix va geografiya mamlakatning muhim qismi Yevropa qit’asida ekanligini körsatmoqda. Rossiya bilan birgalikda biz xavfsizlikni ta’minlaş sohasida barçaning manfaatlarini hisobga oladigan mustahkam xavfsizlik arxitekturasini tiklaş yölini topişimiz kerak», dedi u.
Biroq, bu Ukraina «NATOga qöşilmaydi» degani emas, dedi Kolonna va Ğarb Ukrainani «öz suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini töliq tiklay olişi uçun» qöllab-quvvatlaşda davom etişini qöşimça qildi.












