Futbol böyiça eng yaxşi çempionatda barça grand jamoalar tarkiblarini yangiladi, yaqin oylar davomida muxlislar bu jamoalarning öyinidagi köplab özgarişlarga guvoh bölişadi.

Reyting: APL top-klublari uçun transferlar oynasi yakunlari

Foto: JULIAN FINNEY/GETTY IMAGES

«Arsenal»

  • Keldi: Deklan Rays, Kay Havers, Yurriyen Timber, David Rayya
  • Ketdi: Folarin Balogun, Granit Jaka, Kiran Tirni, Nunu Tavareş, Mett Tyorner
  • Transfer balansi: – 167,04 mln yevro

«Kanonirlar» xaridlarni ertaroq yakunladi va mavsum boşiga töliq şakllangan jamoa bilan kirib keldi. «Arsenal» yozda tarkibdagi alohida nuqtalar böyiça özgariş qilib, kerakli pozitsiyalarga raqobat qöşdi ham keraksiz futbolçilaridan qutuldi. Ammo Yurriyen Timber birinçi turdayoq xoçsimon paylarini şikastlab oldi va bir neça oyga safdan çiqdi.

«Arsenal» Deklan Rays uçun poygada «Siti»ni ortda qoldirib, öz tarixidagi eng qimmatbaho transferni amalga oşirdi (116,6 mln yevro). «Vest Hem»ning 24 yoşli sardori yangilanayotgan jamoaning motori böladi va allaqaçon jiddiy ambitsiyalar ramziga aylanib ulgurdi. Klub xöjayinlari ötgan mavsum tasodif bölmaganini körsatişga qaror qilişdi – «kanonirlar» har yili mamlakatning eng kuçli klublari bilan raqobatlaşmoqçi.

Ikkinçi qimmatbaho xarid – Kay Haversning «Çelsi»dan 75 mln yevroga sotib olinişi böldi. Germaniyalik futbolçi hozirça yangi jamoaga moslaşiş davrida, ammo universalligi va yoşligi (u ham hali 24 yoşda) evaziga u Arteta uçun hujumkor guruhdagi muhim qöşimça imkoniyat taqdim etişi kerak. Yana bir qiziqarli transfer – «Brentford»dan David Rayyaning ijaraga olinişidir. Hozirça Ramsdeyl asosiy tarkibdagi örnini saqlab qolmoqda, ammo Mikel unga birinçi raqam örni uçun kuçli raqobat kerakligini yaqqol namoyiş etdi.

Foto: LEWIS STOREY, MICHAEL REGAN/GETTY IMAGES

«Mançester Siti»

  • Keldi: Yoşko Gvardiol, Mateus Nunes, Jyeremi Doku, Mateo Kovaçiç
  • Ketdi: Koul Palmer, Riyoz Mahrez, Emerik Laport, Ilkay Gundöğan
  • Transfer balansi: – 126,60 mln yevro

Ötgan mavsum Yevropa futboli çöqqisiga çiqqan jamoa yozda maksimal darajada rejali transferlar amalga oşirişga harakat qildi. «Siti»ni Gvardiola uçun muhim sanalgan bir qator futbolçilar tark etdi (Gundöğan erkin agent sifatida «Barsa»ga borib qöşildi, Mahrez va Lyaport kattaroq pul işlab oliş uçun Saudiya Arabistoniga yöl oldi), ammo «şaharliklar» alohida pozitsiyalar uçun sifatli transferlar qilib, paydo bölgan teşiklarni ortiqça xarajat qilmasdan yopa oldi.

Gundöğan turli pozitsiyalarda harakat qilib, muhim gollarni urgan holda (ikki yil oldin mavsumning sönggi turida «Siti» «Aston Villa»ga 0:2 hisobida yutqazayotganida u ikki daqiqa içida dubl qayd etib, jamoasi çempion bölişini ta’minlagandi) bir neça mavsum davomida Pepga yordam berib kelgandi. U ketgaç klub rahbarlari darhol Londonga qönğiroq qildi va 30 mln yevrodan kamroq narxga Ilkay örniga Mateo Kovaçiçni olib kelişdi – maksimal darajada mantiqiy almaştiriş, qolaversa, xorvatiyalik futbolçi uç yilga yoşroq.

Qanotda Mahrez örniga «Renn»dan Jyeremi Doku keldi – u hali atigi 21 yoşda, uni esa allaqaçon Kilian Mbappe maqtagan. Endi undan Pepning murakkab sxemalariga könikiş va Angliyaga moslaşiş talab etiladi, qoğozda esa bu transfer juda sifatli amalga oşirilgandek körinmoqda. Mançesterliklarning eng qimmat xaridi – «Leypsig»dan 90 mln yevroga sotib olingan Yoşko Gvardiol transferi böldi. Uşbu xorvatiyalik futbol tarixidagi eng qimmatbaho himoyaçiga aylandi, ammo bu transfer şunga arziydi – 21 yoşli markaziy himoyaçi öz pozitsiyasida dunyoning eng yaxşilaridan biri sanaladi.

Transferlar oynasi yopilişi arafasida «Siti» «Vulverhempton»dan 62 mln yevro evaziga Mateus Nunesni olib keldi. Hozirça uşbu portugaliyalik yarimhimoyaçi bilan barçasi aniq emas: havbek 25 yoşda va APLda atigi bir mavsum öynagan, biror qahramonlik körsatmagan, ammo unga «Liverpul» ham da’vogar bölib çiqqandi va yakunda Gvardiola kuraşga qöşildi. Grand klublarning seleksiya  xizmatlari nima qilayotganini bilişadi.

Foto: STU FORSTER, GEORGE WOOD/GETTY IMAGES

«Nyukasl»

  • Keldi: Sandro Tonali, Harvi Barns, Tino Livramento, Lyuis Holl
  • Ketdi: Allan Sent-Maksimen, Kris Vud
  • Transfer balansi: – 108,60 mln yevro

«Nyukasl» saudiyaliklarning pullarini aql bilan işlatişda davom etmoqda. Messi, Neymar yoki Mbappe darajasidagi yulduzlar Angliyaning şimoliy şahriga borişga rozi bölmaydi, ammo klub köp yillardan keyin Çempionlarga qaytişi arafasida tarkibni yaxşigina kuçaytirib oldi. Asosiy xarid italiyalik tayanç yarimhimoyaçisi Sandro Tonali böldi – Italiya milliy jamoasi futbolçisi uçun «qarğalar» «Milan»ga 64 mln yevro tölaşdi.

Keyin klub Premer-ligani tark etgan jamoalarning futbolçilarini ovlaşga kirişdi – «Lester»dan vinger Harvi Barns olib kelindi, «Sauthempton»dan 37,2 mln yevroga 20 yoşli qanot himoyaçisi Tino Livramento sotib olindi. «Nyukasl» asosiy yevrokubokda eng qiyin guruhga tuşdi, ammo bu tarkib guruhda çiqişga da’vogarlik qila oladi.

Foto: GETTY IMAGES/«LIVeRPUL» FK

«Liverpul»

  • Keldi: Dominik Soboslai, Aleksis Mak Allister, Vataru Endo, Rayan Gravenberh
  • Ketdi: Fabinio, Jordan Henderson, Aleks Oksleyd-Çemberlen, Nabi Keyta, Jyeyms Milner, Roberto Firmino, Artur Melo, Fabiu Karvalyu
  • Transfer balansi: – 111,30 mln yevro

«Liverpul»da Yurgen Klopp davridagi eng jiddiy yangilanişlar röy berdi. Jamoani birdaniga yetti nafar yarimhimoyaçi tark etdi (agar ijaraga olingan Melo qaytib ketgani va Karvalyu ijaraga berilgani ham qöşilsa), afsonaviy Mane – Firmino – Saloh triosidan esa birgina misrlik hujumçi qoldi. Klub avvalboşdan bu qadar kapital qayta quriş boşlaşni rejalaştirmagandi, ammo Henderson va Fabinio transferi evaziga Saudiya Arabistonidan katta mablağ keldi.

Lekin mersisaydliklar klubi rahbarlariga sotib oliş böyiça transferlarda 5 bahodan 3 qöyiş mumkin. Klub bir neça yildan buyon kutgan Jud Bellinghem «Real»ga ötişni afzal kördi, Kaysedo «qizillar»ning taklifini eşitişni ham istamadi, Lavia ham Moyses ortidan Angliya janubidan Londonga kelişga qaror qildi. Natijada yoz boşida hujumkor yarimhimoyaçilar Dominik Soboslai va Aleksis Mak Allisterni sotib olgan klub seleksiya bölimi tayanç yarimhimoyaçi qidirişga majbur böldi. Asosiy va zaxira transfer nişonlarini «Çelsi»ga boy bergan «Liverpul» kutilmagan variantga murojaat qildi: skauzerlar yaponiyalik havbek Vataru Endo uçun 20 mln yevro sarfladi. Uşbu futbolçi ötgan mavsumda «Ştutgart»ga öynagan va uning jamoasi Bundesligani tark etişiga bir baxya qolgandi.

Transferlar oynasining sönggi kunida klub «Bavariya»dan Rayan Gravenberhni olib kelişga ulgurdi, ammo bu transferga ham savollar bor. Niderlandiya yoşlar jamoasi a’zosi yoz boşidayoq transfer nişonlaridan biri sifatida körilgandi, ammo öşanda klub baribir taklif yuborişga jazm qilmagandi. Şunday tasavvur uyğonadiki, uşbu 21 yoşli yarimhimoyaçi variantiga ilojsizlikdan qaytilgan. Amsterdamlik futbolçi bir yil oldin «Ayaks»dan «Bavariya»ga ötgandi, ammo bir mavsumda 800 daqiqadan kamroq öynadi.

Foto: STU FORSTER/GETTY IMAGES

«Tottenhem»

  • Keldi: Jyeyms Meddison, Mikki van de Ven, Pedro Porro, Deyan Kuluşevski, Gulelmo Vikario, Manor Solomon, Brennan Jonson
  • Ketdi: Harri Keyn, Garri Uinks, Jyed Spens, Lukas Moura, Kleman Langle, Arno Danjuma
  • Transfer balansi: – 135,90 mln yevro

Bu transferlarda aks etmaydi, ammo «Tottenhem»ning asosiy yangi a’zosi – boş murabbiy Anjye Postekogludir. «Seltik»ning sobiq ustozi «şporlar»da yorqin kombinatsiyali futbolni yölga qöyişni va’da qilgan, şimoliy londonlik muxlislar bunday futbolni Maurisio Poçettino ketganidan buyon soğinib qolişgandi. Hozirça iş bermoqda: mavsumning ilk öyinlarida «Lester»dan 46,3 mln yevroga xarid qilingan Jyeyms Meddison jamoadoşlari bilan ajoyib kombinatsiyalar uyuştirmoqda va hujumni rang-barang qilmoqda.

Albatta, «Tottenhem»dagi eng katta transfer ketiş böyiça böldi. Klub tarbiyalanuvçisi va XXI asrdagi eng yaxşi futbolçisi Harri Keyn nihoyat Deniyel Levining panjalari orasidan sirğalib çiqdi va superklub safiga ötdi – endi uşbu strayker «Bavariya» raqiblariga dahşat soladi. «Şporlar» esa ötgan mavsumda ham ijarada öynagan Pedro Porro va Deyan Kuluşevskining transfer huquqini sotib olib, bunga taxminan 70 mln yevro sarfladi, şuningdek «Volfsburg»dan 40 mln atrofidagi mablağga Mikki van de Venni sotib olib, orqa çiziqni mustahkamladi. Manor Solomon esa «Şaxtyor»dan erkin agent sifatida kelib qöşildi.

Klubning uzoq yillik futbolçilaridan yana biri Ugo Lioris hozirça «şporlar» balansida qolmoqda, ammo fransuzning xizmatlariga avvalgidek katta ehtiyoj sezilmayapti: faxriy futbolçining bir yillik şartnomasi qolgan va uni mavsumoldi yiğinlariga olib ketişmadi. Endi «Tottenhem»da birinçi raqam «Empoli»dan olib kelingan 26 yoşli italiyalik Gulelmo Vikario böladi – u hozirça top darajada emas, ammo istiqbolli kiper.

Transferlar oynasining sönggi kunida «şporlar» eng qimmatbaho xaridini amalga oşirdi – klub 55 mln yevro evaziga «Nottinghem»dan hujumkor yarimhimoyaçi Brennan Jonsonni sotib oldi. Bu istiqbolli futbolçi sanaladi: yigitça hali 22 yoşda, u faqat ötgan mavsumda «örmonçilar» bilan APLda debyut qildi, ammo barça turnirlar doirasidagi 44 öyinda 10+3 ball jamğarişga ulgurdi.

Foto: GETTY IMAGES/«MANÇeSTeR YuNAYTeD» FK

«Mançester Yunayted»

  • Keldi: Rasmus Hoylund, Meyson Maunt, Andre Onana, Serxio Regilon, Jonni Evans, Sofiyan Amrabat
  • Ketdi: Din Henderson, Entoni Elanga, Fred, David de Xea, Meyson Grinvud
  • Transfer balansi: – 151,36 mln yevro

Erik ten Hag Holandni olib berişni söragandi, Gleyzerlar esa Holand allaqaçon öz uyida ekanini aytişdi. Şunday qilib, «Yunayted»ga boşqa skandinav keldi – Rasmus Hoylund. Daniyalik futbolçi «qizil iblislar»ning bu transferlar oynasidagi eng qimmatbaho xaridi (75 mln) böldi, ammo belidagi jarohatini davolaş bilan maşğul bölmagan 20 yoşli töpurar hali APLda boşlanğiç tarkibda öynamadi, faqat 4-turga kelib «Arsenal»ga qarşi öyin oxirida maydonga tuşib, faolligi bilan ajralib  turdi.

Jamoadagi asosiy tizimli özgariş şartnomasi uzaytirilmagan David de Xea örniga «Inter»dan Andre Onana olib kelinişi böldi. «MYu» boş murabbiyi öziga mos tarkib şakllantirişda davom etmoqda va ganalik kiperning kelişi yangilanişdagi muhim qism böldi. Onana oyoqda işonçli öynaşi va jarima maydoni içidagi vaziyatni aql bilan boşqarişi tufayli «Mançester Yunayted» öyiniga xotirjamlik baxş etmoqda – uning ispaniyalik ötmişdoşida  esa bu borada muammolar bor edi.

Zabitser ijara muddati tugab Germaniyaga qaytişi va Fred şartnomasi yakunlanib, Turkiya çempionatiga yöl olişi tufayli jamoa maydon markazida vakant pozitsiyalar yuzaga keldi. Ulardan birini «Çelsi»dan ketişga qaror qilgan Meyson Maunt band etdi. Hozirça jamoa örta çiziğiga savollar bor, garçi ten Hag matbuot anjumanida jurnalistlar muammo yöq joydan uni qidirişini ta’kidlagan bölsa ham.

Transferlar oynasining sönggi kunida mançesterliklar faollaşdi – ser Aleks Fergyuson davrida öynagan Jonni Evansga bir yillik şartnoma taklif etildi, u «Lester» bilan şartnomasi tugab, erkin agentga aylanganidan keyin «MYu» bilan şuğullanayotgandi. Lyuka Şou jarohat olgani tufayli mudofaaning çap qanotiga «Tottenhem»dan Serxio Regilon ijaraga olindi. Ispaniyalik futbolçi ötgan mavsumni «Atletiko»da ijara asosida ötkazgandi. Dedlayn arafasida esa Sofiyan Amrabat safga qöşib olindi – moliyaviy feyr-pleyga amal qiliş uçun Qatardagi jahon çempionatida porlagan marokaşlik tayanç yarimhimoyaçisi «Fiorentina»dan hozirça ijaraga olingan.

Foto: EDDIE KEOGH, MIKE STOBE/GETTY IMAGES

«Çelsi»

  • Keldi: Moyses Kaysedo, Romeo Lavia, Kristofer Nkunku, Koul Palmer, Aksel Disasi, Nikolas Jyekson, Lesli Ugoçukvu, Robert Sançes, Levi Kolvill
  • Ketdi: Kay Havers, Meyson Maunt, Mateo Kovaçiç, Kalidu Kulibali, Kristian Pulişiç, Eduar Mendi, Ruben Loftus-Çik, Itan Ampadu, N'Golo Kante, Piyer-Emerik Obameyang, Kepa Arrisabalaga, Sesar Aspilikueta, Hakim Ziyoş, Romelu Lukaku, Kallum Hadson-Odoi
  • Transfer balansi: –197,10 mln

Roman Abramoviç ketganidan keyingi «Çelsi»ning transfer siyosati haqida tölaqonli monografiya yoziş mumkin – «köklar» tarkibidagi futbolçilarning bunday almaşinuvida hatto Maurisio Poçettino ham yordam bera olmayapti.

Asosiy xarid Moyses Kaysedo «Brayton»dan 116 mln yevroga olib kelinişi böldi – transfer Angliyada Raysdan keyingi eng qimmatbaho xaridga aylandi. «Çelsi» nafaqat sayyoraning eng yaxşi tayanç yarimhimoyaçilaridan birini öziniki qildi, balki bu bilan «Liverpul»ni şarmanda ham qildi: ekvadorlik futbolçi Londonga kelişidan bir neça kun oldin Yurgen Klopp jurnalistlarga uşbu futbolçining klubi bilan kelişuvga erişilgani haqida aytdi, ammo keyin futbolçi faqat londonliklar safiga ötişni istaşini bildirdi.

Moyses Kaysedo. Foto: EDDIE KEOGH/GETTY IMAGES

«Qizillar»ning muammosi şu bilan tugab qolmadi: bir neça kun ötib «Çelsi» ularning zaxiradagi transfer nişonini ham ilib ketdi – Romeo Lavia. Uşbu tayanç yarimhimoyaçisi ham «Sauhempton»ni tark etib, Kaysedo ortidan London jamoasiga kelib qöşildi. Kristofer Nkunku esa «köklar» bilan qişdayoq kelişib qöygandi va jamoaga rasman yoz boşida qöşildi, ammo u hozirça debyutini amalga oşira olmadi: u mavsumoldi yiğinlari çoğida jarohat oldi va safga faqat noyabrda qaytişi mumkin.

Hujum qanoti uçun «Siti»dan Koul Palmer olib kelindi. 21 yoşli angliyalik futbolçi Mançester klubida debyut öyinlaridayoq kuçli öyin körsatdi va «Çelsi» hali kattalar futbolida biror mavsumni asosiy tarkibda ötkazmagan uşbu yigitça uçun 47 mln yevroni ayamadi. Ijaradan qaytgan Levi Kolvillning transferini ham tölaqonli transfer deb ataş mumkin. Uşbu markaziy himoyaçiga boşqa klublardan talab katta edi, ammo futbolçi qadrdon klubida qolişga qaror qildi.

«Real»ga ijaraga berilgan Kepa örniga «Brayton»dan Robert Sançes keldi, «Monako»dan xarid qilingan Aksel Disasi himoya markazida raqobat hosil qildi, Nikolas Jyekson esa Nkunku örnini munosib bosmoqda. «Çelsi» jamoaning yarmini tarqatib yubordi va şunça futbolçi oldi, şunday ekan, jamoadagi transformatsiyani kuzatiş qiziq böladi.