Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Minskda Belarus Milliy majlisi Respublika Kengaşi raisi Natalya Koçanova bilan uçraşdi. 

Uçraşuvda Özbekiston va Belarus örtasidagi munosabatlar har tomonlama mustahkamlanayotgani, mamlakat rahbarlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli ikki tomonlama munosabatlar özaro işonç va döstona muhitda rivojlanayotganligi qayd etildi. Tomonlar ikki davlat parlament vakillari MDH Parlamentlararo Assambleyasi va Parlamentlararo ittifoq kabi xalqaro parlament taşkilotlari doirasida ham faol hamkorlik qilişayotganiga urğu berişdi. 

Ikki davlat örtasida turli sohalarda erişilgan kelişuvlarni parlamentlar faoliyati doirasida huquqiy jihatdan ta’minlaşga kelişib olindi.

Oliy Majlis Senati va Milliy majlis Respublika Kengaşi örtasida hamkorlik töğrisidagi memorandumning imzolanişi munosabatlarni yangi bosqiçga olib çiqişiga umid bildirildi. 

Tomonlar Belarus Milliy majlisi Respublika Kengaşi va Özbekiston Oliy Majlisi Senati örtasida hamkorlik töğrisidagi, Belarus Milliy majlisi huzuridagi Yoşlar kengaşi (parlamenti) va Özbekiston Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoşlar parlamenti örtasida hamkorlik töğrisidagi hamda «Belarus ayollar ittifoqi» respublika jamoat birlaşmasi hamda Özbekiston Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qömitasi örtasida hamkorlik töğrisidagi memorandumlarni imzoladilar. 

Şuningdek, Tanzila Norboyeva Belarus boş vaziri Roman Golovçenko bilan ham uçraşdi.

Uçraşuvda oliy darajada özaro işonçga asoslangan muloqot yölga qöyilgani tufayli Özbekiston va Belarus örtasidagi döstlik va köp qirrali hamkorlik munosabatlari yangi darajaga kötarilgani ta’kidlandi. 

Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan hukumatlararo komissiyaning 10-majlisini ötkazişga hozirlik körilmoqda. Uçraşuvda ikki mamlakat örtasida erişilgan kelişuvlarni amalga oşirişning huquqiy jihatlariga kömak beriş yuzasidan fikr almaşildi. 

Uçraşuvda özaro hamkorlikni kengaytiriş va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli loyihalarni ilgari surişdan, şuningdek, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almaşinuvni mustahkamlaşdan ikki tomon ham manfaatdor ekani alohida qayd etildi. 

Muloqot yakunida ayollarni tadbirkorlik va innovatsion faoliyatga, IT sohaga, biotexnologiyaga faol jalb etiş, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga örgatiş böyiça amaliy çora-tadbirlarning qöşma rejasini işlab çiqiş va amalga oşiriş masalasini körib çiqişga kelişib olindi.