Taşrif doirasida Peşovar Savdo-sanoat palatasi va viloyat gubernatori ma’muriyati bilan birgalikda "Mintaqaviy boğliqlik: Transçegaraviy savdo" mavzusida biznes-forum taşkil etildi.

Xayber-Paxtunxva viloyati gubernatori Faysal Karim Kundi öz nutqida Markaziy Osiyo va Pokiston örtasidagi savdo-iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni yuqori baholab, Özbekiston bilan mintaqaviy boğliqlik taşabbusi doirasida hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Gubernator, şuningdek, Transafğon temir yöli loyihasining viloyat hududidan, jumladan, Xarlaçi şahri orqali ötişi strategik ahamiyatga egaligini alohida qayd etdi.

Forum doirasida Özbekiston va Pokiston biznes aloqalarini rivojlantiriş borasida oçiq muloqot ötkazildi. Ikki mamlakat işbilarmon doiralari örtasida töğridan-töğri aloqalarni örnatiş, özaro savdo hajmini oşiriş va Özbekistonda qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Safar çoğida Peşovardagi yetakçi logistika kompaniyalari, eksport va import bilan şuğullanuvçi taşkilotlar vakillari bilan ham uçraşuvlar ötkazildi. Unda Özbekiston orqali Markaziy Osiyo mamlakatlariga yuk taşiş imkoniyatlari, Termiz şahridagi "Ayritom" xalqaro logistika markazidagi şart-şaroitlar, afzalliklar va u yerdagi investitsiyaviy loyihalarning istiqbollari muhokama qilindi.

Peşovar Savdo-sanoat palatasi rahbari Muhammad Yusuf Afridi Termiz va Peşovar şaharlari örtasida birodarlik aloqalari doirasida nafaqat Termiz şahri, balki Surxondaryo viloyatining barça hududlari bilan hamkorlikni kengaytirişga qiziqiş bildirdi.

Muzokaralar natijasida yaqin muddatda Peşovarda ikki mamlakat tadbirkorlari iştirokida biznes-forum ötkaziş, Xayber-Paxtunxva viloyati tadbirkorlarining biznes-missiyasini taşkil etiş, yil yakuniga qadar Özbekistonda Xayber-Paxtunxva viloyatida işlab çiqarilgan mahsulotlar körgazmasini oçiş böyiça kelişuvlarga erişildi.