Lotus kompaniyasi töliq elektrda harakatlanadigan tört eşikli flagman sedani Emeya’ni taqdim qildi. Avtomobilni işlab çiqariş 2024 yildan boşlanadi. Bu kompaniyaning 90-yillar boşida çiqargan Carlton modelidan keyingi ilk sedani böldi.

Avtomobil ikkimotorli bölib, ular birgalikda 905 ot kuçini bera oladi. Emeya’ga 0 dan 100 km tezlikka çiqişi uçun 2,78 soniya kifoya qiladi. Uning maksimal tezligi soatiga 256 km. Emeya’ning batereyasi siğimi esa 102 kWh’ni taşkil qiladi. 350 kilovattli zaryadlaş imkoniyati avtomobilni 5 daqiqada 150 kilometrga yetadigan elektr zaxirasi bilan ta’minlab beradi. 18 daqiqa içida batareyani 80 foiz quvvat bilan töyintiriş mumkin.

Emeya dizaynida ingiçka qilib işlangan faralar va kuzovning yukxonasi ustidagi spoylerlar yaqqol ajralib turadi. Eşik tutqiçlari xuddi Tesla modellariniki kabi işlangan. Kompaniyaning ta’kidlanişiça, model salonida alkantara, Nappa terisi hamda qayta işlangan tolalardan foydalanilgan. Auditizimga KEF brendi karnaylari javob beradi.

Narxlar haqida hozirça ma’lumot berilmadi. Lotus model haqida qöşimça ma’lumotlarni 2023 yilning 4-çoragida e’lon qiladi.