Duşanbeda bölib ötadigan mintaqa davlat rahbarlarining beşinçi Maslahat uçraşuvi doirasida Markaziy Osiyoda quruqlikdagi transportning özaro boğliqligini mustahkamlaş töğrisidagi Bitim loyihasi imzolanadi. Uçraşuv 2023 yil 14-15 sentabr kunlari bölib ötadi, deb xabar berdi Tojikiston Transport vazirligiga tayanib Asia-Plus.

Xabarda aytilişiça, hujjat mintaqa mamlakatlari örtasida transport va logistika sohasida mustahkam aloqalarga erişişga qaratilgan.

U, xususan, quyidagilarni nazarda tutadi:

  • quruqlikdagi transportda xalqaro taşuvni rivojlantiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş;
  • Markaziy Osiyoda transport xizmatlari bozorida raqobat muhitini ta’minlaş;
  • samaradorlikni oşiriş va yangi xalqaro, şu jumladan multimodal koridorlarni şakllantiriş;
  • quruqlik transportida taşiş va tranzit jarayonini soddalaştiriş;
  • zamonaviy transport va logistika xizmatlarini rivojlantiriş;
  • innovatsion texnologiyalarni joriy etiş va ulardan foydalaniş, şu jumladan quruqlikdagi transportda taşiş jarayonini raqamlaştiriş;
  • ekologik toza transport turlaridan foydalaniş amaliyotini rağbatlantiriş va rivojlantiriş.

Mintaqa davlatlari rahbarlarining maslahat uçraşuvi doirasida mintaqaning beşta davlati transport vazirlarining uçraşuvi ilk bor bölib ötadi.

13 sentabrga belgilangan yiğilişda Qozoğiston transport vaziri Marat Karabayev, Qirğiziston transport va kommunikatsiyalar vaziri Tilek Tekebayev (tasdiqlaş bosqiçida), Özbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov, Turkmaniston Transport va kommunikatsiyalar agentligi boş direktori Mammetxon Çakiyev va Tojikiston transport vaziri Azim Ibrohim iştirok etişi kutilmoqda.

Tomonlar transport-logistika va ularni yanada uyğunlaştiriş masalalarini muhokama qiladi. Uçraşuv yakunlari böyiça vazirlar Qöşma bayonot qabul qiladi.