DW naşrining xabar berişiça, Puente bu haqda 3-noyabr kuni keçqurun Madridda parlament komissiyasi oldida sözlagan nutqida maʼlum qilgan. Uning isteʼfosi fojiadan qariyb bir hafta ötib eʼlon qilindi.

«Bir yilga yetmagan vaqt içida bunday kölamdagi ikkita halokatdan keyin vazir öz lavozimida qolişi mumkin emas», - degan Puente. U isteʼfoga çiqiş qarorini siyosiy şaʼn va masʼuliyat masalasi bilan izohlagan.

dpa agentligiga köra, vazirning isteʼfosini barça muxolifat partiyalari talab qilgan. Biroq Puente va Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes bunga qadar vazirning lavozimdan ketişi ehtimolini bir neça bor rad etgani uçun bu qaror kutilmagan bölgan.

Puentening bayonotidan bir neça soat oldin Ispaniya hukumati temiryöl qatnovi xavfsizligini oşiriş çoralarini tasdiqlagan. Şuningdek, jabrlanganlar va halok bölganlarning oilalari uçun 30 million yevro miqdoridagi yordam paketi maʼqullangan.

Temiryöl halokati 28-oktabr kuni soat 08:53 da Toledo provinsiyasidagi Urda aholi punkti yaqinida, Madrid - Sevilya tezyurar temiryöl yönalişida yuz bergan. AVE 2080 yölovçi poyezdi yölda töxtab turgan Iryo 6076 poyezdining oxirgi vagoniga borib urilgan. Oqibatda 69 kişi halok bölgan, 50 dan ortiq odam jarohatlangan.

2026-yil boşidan buyon Ispaniyada yölovçilar jabrlangan yettita temiryöl halokati qayd etilgan. Ulardan yana biri 18-yanvar kuni Madrid - Malaga tezyurar yönalişida, Adamus aholi punkti yaqinida sodir bölgan. Ikki poyezd iştirokidagi öşa halokatda 46 kişi hayotdan köz yumgan, yana 150 kişi turli darajada jarohat olgan.

Adamusdagi halokatning ehtimoliy sabablaridan biri sifatida temiryöl izlarining şikastlangani körib çiqilmoqda. Urdadagi hodisa böyiça tergovda esa poyezdlarni avtomatik himoyalaş tizimi işdan çiqqan bölişi hamda dispetçerlik markazi körsatmalarida ehtimoliy xatolarga yöl qöyilgani tekşirilmoqda.