Bu mahalliy yölovçi taşuvlarini 2030-yilgaça kompleks rivojlantiriş strategiyasini tasdiqlaş haqidagi qaror loyihasida nazarda tutilgan.
Taklif Toşkent şahri va Toşkent viloyatida transport qatnovlarini özaro uyğunlaştirişga qaratilgan. Maqsad - poyezd, samolyot va avtobusdan foydalanadigan yölovçilar uçun bir transport turidan boşqasiga ötişni qulaylaştiriş.
Loyihada Çirçiq, Yangiyöl, Angren va Olmaliqdan keluvçi yölovçilar uçun şahar atrofi elektropoyezdlari qatnovlari sonini 1,5 barobarga oşiriş ham közda tutilgan. Şuningdek, metro bekatlariga bevosita transfer taşkil etiş taklif qilinmoqda.
Transport turlari örtasidagi boğliqlikni yaxşilaş uçun harakat jadvallarini ham qayta körib çiqiş nazarda tutilgan. Bunda avtobuslar qatnov vaqtini yölovçi poyezdlari va aviareyslar jadvaliga muvofiqlaştiriş rejalaştirilmoqda.
Hujjat hozirça loyiha bölib, mazkur çoralar taklif sifatida keltirilgan.

















