2023 yilning dastlabki sakkiz oyida Xitoydan keltirilgan yangi, yoşi 4 yilgaça bölgan avtomobillar ötgan yilga nisbatan 35 foizga köproq ta’mirga jönatilgan. Bu haqda Rossiyadagi eng yirik texnik xizmat körsatiş şoxobçalari tarmoği – Fit Service ma’lumotlariga tayanib, «Izvestiya» xabar berdi. Ta’mirlaş holatlari sonining köpayganini «Marşal» federal logistika kompaniyasi ham tasdiqlagan.
«Xitoyda işlab çiqarilgan ba’zi avtomobillarda işlab çiqariş sifati bilan boğliq muammolar bölişi mumkin, bu esa eskirişga va tez-tez ta’mirlaş zaruratiga olib keladi. Bundan taşqari, bunday modellarda işonçlilik va çidamlilik bilan boğliq muammolar bölişi mumkin, bu ham tez-tez buzilişlarga olib keladi», dedi «Marşal» kompaniyalar guruhi boş direktori Mixail Belousov.
«Xitoyning aksariyat avtomobillari «podveska»si tijorat maqsadlarida foydalanişga tayyor emas. U taksi rejimida foydalanilganda oğir yuklamalarga bardoş bera olmaydi», dedi RentCarsSPB avtomobil ijarasi kompaniyasi direktori Aleksandr Vinogradov.
«Podveska» bilan boğliq muammolar 20 ming km masofani bosib ötgandan keyin boşlanişi mumkin, deb qöşimça qildi «Skolkovo» texnoparki rezidenti Dmitriy Polunin. «Agar biz avtomobildan şaharda foydalanişni nazarda tutsak (yiliga örtaça 40 ming km), u holda «podveska» bilan boğliq muammolar 6 oydan keyin paydo bölişi mumkin», dedi ekspert.
«Otkrytiye Avto» tomonidan ötkazilgan sörovnomaga köra, rossiyalik avtomobil ixlosmandlari Xitoy avtomobillarining sifatidan hafsalasi pir bölgan. Xususan, rossiyaliklarning 61 foizi Xitoydan kelayotgan avtomobillar Rossiya ob-havo şaroitlariga qisman moslaşgan deb hisoblaydi, yana 19 foizi qiş fasliga doş bera olmasligiga işonadi.
Xitoy avtomobillarining kamçiliklari orasida rossiyaliklar metallning yupqaligi va detallarning yuklamalarga bardoş bermasligi (44 foiz), qişda metallning korroziyaga uçraşi (42 foiz), şuningdek, elektronika va ehtiyot qismlarning sifatsizligini (29 foiz) sanab ötişgan. Rossiya yöllari şaroitlariga mos kelmaydigan «podveska»dan 28 foizi, böyoqlarning sifatsizligidan 24 foizi şikoyat qilgan.
«Avtostat» ma’lumotlariga köra, 2023 yil 1 iyul holatiga köra, Rossiyada taxminan 1,08 million Xitoy avtomobili bor. Fit Service ma’lumotlariga köra, ulardan Chery, Lifan, Geely, Haval, Changan va JAC brendlari texnik xizmat körsatiş şoxobçalarining eng köp «mehmoni» bölgan.
Ukrainaga qarşi uruş boşlanganidan söng, avtomobil işlab çiqaruvçi yirik kompaniyalar Rossiyadagi faoliyatini töxtatdi. Bundan taşqari, yangi avtomobillarni rasmiy yetkazib beriş ham töxtatildi. Xitoy bundan foydalandi va Rossiya bozorini kengaytirdi.
2023 yilda Rossiya Xitoy avtomobillarining dunyodagi eng yirik importçisiga aylandi. Yanvar-may oylarida mamlakatga 287 ming dona avtomobil keltirildi, bu 2022 yildagidan qariyb ikki baravar köp (162 ming), deb yozdi Bloomberg Xitoy bojxona organlari va Xitoy avtomobil işlab çiqaruvçilar uyuşmasi ma’lumotlariga tayanib.












