Rossiya Oliy sudi bir guruh ekologik faollarning Rossiya hukumati iqlim siyosatiga qarşi da’vosini rad etdi. Endilikda faollarning da’volarini Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi körib çiqmoqda.

Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi (IHeS) bir guruh ekofaollardan Rossiya hukumatining iqlim siyosati böyiça Rossiya hukumatiga qarşi da’vo arizasini qabul qildi, deya tasdiqladi 14 sentabr, payşanba kuni Strasburg sudi matbuot xizmati DW media-kompaniyasi söroviga javoban. Matbuot xizmati vakilining sözlariga köra, hozirda mazkur hujjat örganilmoqda.

2022 yil sentabr oyida bir guruh inson huquqlari va atrof-muhit faollari Rossiya iqlim strategiyasi Parij kelişuvlariga zid va rossiyaliklarning asosiy huquqlarini poymol etişi haqida da’vo tayyorlagan, biroq Rossiya Oliy sudi uni rad etgandi. 

Da’vo 2022 yil 13 sentabrda - Rossiya Inson huquqlari böyiça Yevropa konvensiyasining iştirokçisi bölişni töxtatganidan uç kun oldin berilganligi sababli, agar Rossiya sudi tomonidan rad etilgan bölsa, IHeS uşbu hujjatni körib çiqişi mumkin. 

Rossiya iqlim siyosatiga qarşi da’vo 

Da’vogarlar - Moskva Helsinki guruhi, «Ecohimoya!-Ayollar kengaşi» harakati va 18 nafar Rossiya fuqarosi. Ular Rossiya prezidentining «Parnik gazlar taşlamalarini kamaytiriş töğrisida»gi farmoniga va 2050 yilgaça parnik gazlar taşlamalari past bölişi nazarda tutilgan Rossiyani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş strategiyasiga qarşi çiqmoqçi. 

Da’voda aytilişiça, Rossiyaning iqlim strategiyasi kamida 2030 yilgaça parnik gazlar taşlamalarini köpaytirişni nazarda tutadi, Parij kelişuviga köra esa Rossiya uni kamaytirişi kerak. Şu bilan birga, parnik gazlar taşlamalarining köpayişi rossiyaliklar asosiy huquqlari, jumladan, hayot va salomatlik huquqini buzadi, deya ta’kidlanadi hujjatda.