100 yoşdan oşgan Yaponiya aholisi soni 92 mingdan ortdi, bu mamlakatning sönggi 53 yildagi rekordi hisoblanadi. Bu haqda Yaponiya Soğliqni saqlaş, mehnat va farovonlik vazirligiga tayanib TASS xabar berdi.
15 sentabr holatiga köra, mamlakatda 100 yoşdan oşgan fuqarolar soni 92139 nafarni taşkil qilgan. Yaponiyada bir asrni körgan fuqarolar soni 50 yildan beri ösib bormoqda. Bu yil uşbu körsatkiç 2022 yilga nisbatan deyarli 1500 kişiga köp.
100 yoşdan oşganlar umumiy sonining 88,5 foizini ayollar taşkil etadi - 81,5 mingdan ortiq. Erkaklar soni 10,5 mingdan ortiq.
Vazirlik ma’lumotlariga köra, bu yil 100 yoşini Yaponiyaning 47107 fuqarosi nişonlaydi. Ularga hukumat tomonidan tabrik xatlari va esdalik sovğalari topşiriladi.
Yaponiyadagi eng keksa ayol - 116 yoşli osakalik Fusa Tatsumi, eng keksa erkak - tibalik 111 yoşli Gisaburo Sonobe. Mamlakatda har 100 ming kişiga 100 yoşdan oşgan örtaça 73 kişi töğri keladi — Yaponiya yuz yoşlilar soni böyiça dunyoda yetakçi örinlardan birini egallaydi.












