Uçraşuvda ikki tomonlama aloqalarda mehnat munosabatlari bilan boğliq yönaliş muhim ahamiyat kasb etişi, bu boradagi loyihalarni hayotga tatbiq etişning huquqiy asoslarini birgalikda işlab çiqiş, munosib mehnat, qulay va xavfsiz mehnat şaroitlarini yaratiş kabi masalalar muhokama qilingan.

Muhokama davomida mehnat migratsiyasining uyuşgan şakllarini kengaytiriş, respublikadan taşqariga işlaş uçun çiqayotgan fuqarolarning mehnat va ijtimoiy huquqlarini himoya qilişni ta’minlaş, xorijdan qaytgan mehnat migrantlarini tadbirkorlik va mehnat faoliyatiga keng jalb etiş böyiça qöşma loyihalarni amalga oşiriş muhimligi qayd etilgan. Şuningdek, har yili Özbekiston mehnat bozoriga 600 ming nafar yoşlarning kirib kelişini hisobga olgan holda ular işsizligini bartaraf etiş va iş örinlari istiqbollarini özgartiriş, ularni öqitiş va kasbga manzilli tayyorlaş yönalişida hamkorlikdagi loyihalarni amalga oşiriş yuzasidan fikr almaşilgan.

Koreya Respublikasi bandlik va mehnat vaziri Li Jun Sikning iyul oyida Özbekistonga taşrifi çoğida erişilgan kelişuvlarni, xususan, tegişli vazirliklari örtasida hamkorlik töğrisidagi memorandumning imzolanişi ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqiçga olib çiqişi ta’kidlangan.

Uçraşuv yakunida uşbu memorandumni amalga oşiriş böyiça bosqiçma-bosqiç “yöl xaritasi”ni işlab çiqiş, jumladan, qöşma treninglar ötkaziş, statistik ma’lumotlar va mutaxassislar almaşinuvini taşkil etiş böyiça kelişuvga erişilgan.












