Uçraşuvda Özbekiston va Janubiy Koreya örtasidagi döstlik hamda alohida strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, ayniqsa parlamentlararo aloqalarni kengaytiriş masalalari muhokama qilingan. Şuningdek, Özbekiston va Koreya hududlararo hamkorligini kengaytiriş, xususan mahalliy kengaşlar örtasida aniq çora-tadbirlar körsatib ötilgan qöşma dasturni qabul qiliş orqali hududlardagi deputatlar örtasida yaqin aloqalar örnatiş yuzasidan ham fikr almaşilgan.

Koreya Özbekistonning Osiyo-Tinç okeani mintaqasidagi yetakçi savdo-iqtisodiy şeriklaridan biri hisoblanadi. Şu nuqtai nazardan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş eng ustuvor vazifa hisoblanadi. Oxirgi 5 yilda tovar aylanmasi ikki baravar oşgan. 2022 yilda özaro tovar ayirboşlaş hajmi 23,3 foizga ösgan va 2,34 mlrd dollarni taşkil qilgan.

Muzokaralar çoğida 2025 yilga borib mazkur körsatkiçni 5 mlrd dollarga yetkaziş uçun katta imkoniyatlar mavjudligi aytib ötilgan. Xususan, qator qöşma loyihalarni amalga oşiriş, jumladan, işlab çiqariş korxonalarini zarur infratuzilma bilan ta’minlaş, noyob metallarni özlaştiriş, şuningdek, yuqori tezlikda harakatlaniş imkonini beruvçi yöllar barpo etiş borasida hamkorlikni kuçaytiriş lozimligi ta’kidlangan.

Bundan taşqari, madaniy-gumanitar aloqalar ham tomonlarning diqqat markazida bölib, ta’lim va kadrlar tayyorlaş yönalişlaridagi qöşma dasturlarni amaliy mazmun bilan boyitiş takliflari ilgari surilgan.













