Koreyaning Yangsan şahrida 40 yoşli özbekistonlik erkak keksa yoşli ayolni yonğindan qutqarib qoldi, deb yozadi The Korea Herald.

Öt öçiriş xizmati ma’lumotlariga köra, yonğin duşanba kuni soat 18:44 lar atrofida keksa er-xotin boşqaradigan restoranda sodir bölgan. Yonğin haqida portlaş, oynalar sinişi ovozini eşitgan guvohlar xabar bergan. 

Ayolning eri taşqarida bölgan va yonğin kuçayib ketgani sababli içkariga kira olmagan. Içkarida qolgan ayol kuyiş jarohati olgan va huşini yöqotgan. 

Restoran yonida yaşovçi özbekistonlik erkak bino içiga yugurib kirib, ayolni olov içidan olib çiqqan. 

Yonğin butun restoran va yaqin atrofdagi avtomobillarga zarar yetkazgan. U soat 19:11 da öçirilgan. Zarar 60,4 ming AQŞ dollari miqdorida baholanmoqda. 

Jabrlanuvçining butun tanasida ikkinçi darajali kuyiş jarohatlari borligi aniqlangan, uning eri ham jarohatlardan davolanmoqda. 

Ayolni qutqarib qolgan Özbekiston fuqarosi şişa siniqlaridan yengil tan jarohati olgan, unga voqea joyida birinçi tibbiy yordam körsatilib, uyiga javob berilgan.