Oqdaryolik Şodiyorxon Abdivoyitov dunyoning kuçli beştaligiga kiruvçi Harvard universiteti talabasi. U Amerikada qolişi yoki Toşkentdagi nufuzli kompaniyalarda ham işlaşi mumkin edi. Ammo Şodiyorxon olgan bilimlari va moddiy imkoniyatini özi tuğilib ösgan oqdaryolik yoşlarning ilm olişiga şaroit yaratiş uçun yönaltirdi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev Samarqandga taşrifi doirasida bir guruh oqdaryolik faollar bilan uçraşdi. Ular orasida “Joy akademy” öquv markazi asosçisi, Harvard universiteti talabasi Şodiyorxon Abdivoyitov ham bor.

Şodiyorxon prezident bilan uçraşiş haqida öylaganmidi? Prezident unga nima dedi? Bu uçraşuv yoş yigitga nima beradi? Nega u otasining tadbirkorligini davom ettirmadi va ilm oldi?

Şodiyorxon va uning ota-onasi bilan suhbatimiz şu kabi savollar atrofida keçdi.

Şodiyorxon Abduvoyitov özining bugungi muvaffaqiyati zamirida oila, boğça, maktab ta’siri katta bölganini aytdi.

“Oqdaryo tumanidagi 52-IDUMda tahsil oldim. Öqituvçilarimizga rahmat aytaman, erta tongdan kun botgunça biz bilan işlaşardi. Öşa mehnatlar samarasi bilan Singapur menejmentni rivojlantiriş institutiga öqişga kirdim. Öqişim davomida turli joylarda işladim, xalqaro kompaniyalar bilan ham onlayn işlab kördim. Bularning hammasi men uçun tajriba böldi.

Menda poytaxtda qolib işlaş imkoniyati hamişa bölgan. Biroq özim tuğilib ösgan Oqdaryoning Piçoqçi mahallasida öquv markazimni taşkil qildim. Şu çekka joylardagi tengdoşlarim, yaqinlarim avvalo ilm örgansin, salohiyati oşsin, dedim. Şukur, mana, ikkita hududda filiallarimizni taşkil qiliş arafasida turibmiz. Odatda bunday markazlar poytaxtda taşkil qilinib, keyinçalik hududlarda oçiladi. Bizda teskarisi böldi. Barça hududlarda “Joy akademy” öquv markazi filiallarini taşkil qilmoqçiman.

Nasib qilgan ekan, Harvard universiteti talabasi böldim. Men dunyoning eng nufuzli universitetida tahsil olib, vatanimga qaytmoqçiman. Örganganlarim, bor salohiyatimni yurtimiz ravnaqi uçun tikişni niyat qilyapman.

Şunçaki, xorijda yaşaş niyatim yöq. Bir kişining boy bölişi, yaxşi yaşaşi bilan baxtga erişib bölmaydi”, – deydi Şodiyorxon.

“Öğlim prezident bilan uçraşdi. Davlat rahbari öğlimga alohida ta’kidlabdi: ota-onangga, senga tarbiya berganlarga rahmatimni, salomimni yetkazib qöy, debdi. Bu sözlardan boşim osmonga yetdi, nihoyatda faxrlandim”, – deydi Tolibxon Abdijalilov.

Tolibxon akaning qöşimça qilişiça, farzandlarida dastlab özining orzularini körişni istagan. Zamonaviy bilim olib, xorijiy tillarni örgansa, özining yoniga kirib tadbirkorlik qilişidan umid qilgan. Biroq farzandlari köproq ilm yölini tanlamoqda. Şunday bölsa-da, farzandlarining qaroridan quvongani, farzand kelajagi uçun tikilgan sarmoya eng yaxşi sarmoya ekanini bildirdi.

Şodiyorxon davlat rahbari bilan uçraşuvini izohlar ekan, bu muloqot unga şunçaki faxr beribgina qolmay, kelgusida yanada yaxşi natijalarga yetaklaşi, katta ruhiy rağbat ekanini ma’lum qildi.