Rossiya Içki işlar vazirligi Xalqaro jinoyat sudi (XJS) raisi Piotr Xofmanski, birinçi vitse-prezidenti Lus Del Karmen Ibanes Karransa va sudya Bertram Şmittni qidiruvga berdi. 

Içki işlar vazirligi saytida aytilişiça, uçala şaxs ham «Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan qidiruvga berilgan». Qidiruv kartalarida boşqa ma’lumotlar oçiqlanmagan. 

17 mart kuni XJS Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olişga order berdi. U Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy ravişda deportatsiya qilganlikda gumon etilmoqda. Xuddi şunday order Rossiya bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham berilgan. 

May oyida Rossiya hukumati XJS prokurori Karim Ahmad Xon va sudya Rosario Salvatore Aytaleni qidiruvga bergan edi. Tergov qömitasi ularning xatti-harakatlarini aybsiz odamni jinoiy javobgarlikka tortiş (Rossiya Jinoyat kodeksining 299-moddasi) va xorijiy davlat vakiliga tahdid qilişga tayyorgarlik (Rossiya Jinoyat kodeksining 360-moddasi) moddasi bilan kvalifikatsiya qildi. 

Rossiya XJS a’zosi emas va uning buyruq va körsatmalarini bajarmaydi.