Rossiyada NATO bilan töğridan töğri mojarodan boşqa yöl borasida tanlov qiliş imkoniyati tobora kamaymoqda. Bunday fikrni Rossiya Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari Dmitriy Medvedev bildirdi. 

Rossiya Federatsiyasining sobiq prezidenti Rossiya va NATO örtasidagi töqnaşuv ehtimolini oşiruvçi bir qator voqealarga, jumladan Amerikaning Abrams tanklari yetkazib berilgani, Ukrainaga uzoq masofali ATACMS raketalarini yetkazib beriş va’da qilingani, şuningdek, Kanada hukumati va «natsistlar» örtasidagi aloqalarga e’tibor qaratdi. 

«Aftidan, Rossiyada NATO bilan yerda töğridan töğri töqnaşuvdan boşqa tanlov imkoniyati kamayib bormoqda, u Gitler öqi kabi oçiq faşistik blokka aylangan, garçi kattaroq hududda bölsa ham. Biz tayyormiz, ammo natija 1945 yildagidan köra insoniyat uçun ança qimmatga tuşadi...», deb yozdi Medvedev özining Telegram-kanalida. 

Bundan oldin Dmitriy Medvedev Yevropa yetakçilarini irqçilikda qoralab, Yevropa Ittifoqi bilan diplomatik aloqalarni töxtatişni taklif qilgandi. Rossiya Federatsiyasi sobiq prezidenti Yevrokomissiyaning Rossiyaga qarşi sanksiyalar böyiça yangi tuşuntirişlarini şunday izohlagan.

«Yevropa Ittifoqi rahbarlariga qoyil. Halol Bryussel boşliqlari. Ular barça rossiyaliklarga töğridan töğri aytdi: siz biz uçun ikkinçi darajali fuqarolarsiz. Xuddi Şarikov (Şarikov - Mixail Bulgakovning «It yuragi» qissasidagi qahramon) kabi», — deb yozgan u özining Telegram-kanalida.

Rossiya Federatsiyasi sobiq prezidentining sözlariga köra, Yevropa Ittifoqining qarori «har bir Rossiya fuqarosi yuziga tarsaki böldi».