Rossiya Buyuk Britaniyaga qarşi javob sanksiyalarini kengaytirdi, jumladan, Rossiyaning «stop röyxati»ga 23 kişi kiritilgan. Undan Britaniya harbiy-siyosiy tuzilmasi, jurnalistlar korpusi va ilmiy hamjamiyat vakillari örin oldi. Bu haqda 27 sentabr kuni e’lon qilingan Rossiya TIV xabarida aytiladi.

«Endi Rossiya Federatsiyasiga kirişi taqiqlangan Britaniya fuqarolari röyxatiga, xususan, Buyuk Britaniya Qurolli kuçlari mudofaa ştabi boşliği, Ukraina qurolli kuçlari jangçilarining Britaniya hududida tayyorlanişini nazorat qiluvçi E.Radakin va Londonning Ukraina yönalişidagi strategiyasini şakllantirişda iştirok etgan Britaniya hukumati qoşidagi Qöşma razvedka qömitasi raisi M.Alessandri, Britaniyaning BAE Systems mudofaa kompaniyasi direktorlar kengaşi raisi K.Xogg qöşildi», - deyiladi xabarda.

Mahkama qayd etişiça, Britaniya tomonining Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini oşirişga urinişlariga muqarrar ravişda keskin javob qaytariladi. 

«Londonning duşmanlik harakatlariga javoban Rossiyaning «stop röyxati»ni kengaytiriş böyiça işlar davom etadi», - deya xulosa qildi TIV.