Biznes-ombudsman Boris Titov prezident Vladimir Putinga murojaat qilib, viza talab qilinadigan davlat fuqarolari uçun mehnat migratsiyasi mexanizmini soddalaştirişni taklif qildi. Bu haqda RBK yozdi. 

Ombudsman sözlariga köra, gap Janubi-Şarqiy Osiyo mamlakatlari, jumladan: Viyetnam, Kamboja, Laos, Myanma, Tailand, Bruney, Şarqiy Timor, Filippin, Malayziya, Indoneziya va Singapur haqida ketmoqda. Uşbu mintaqada 655 million kişi yoki dunyo aholisining qariyb 8 foizi istiqomat qiladi. 

«Ösib borayotgan iqtisod misli körilmagan darajada işçi kuçi yetişmovçiligiga duç kelmoqda. Endi MDH fuqarolari hisobidan mehnat resurslariga bölgan ehtiyojni qondirişning iloji bölmagani uçun, viza rejimiga ega mamlakatlardan xorijiy işçi kuçini keng jalb etiş orqali bozorini töldiriş mumkin», deyiladi Titov maktubida. 

Şuningdek, Titovning takliflari orasida quyidagilar ham bor:

- Rossiyaga viza rejimiga ega davlatlardan bir yildan kam muddatga kelgan işçilar uçun mehnat ruxsatnomasini patent beriş bilan almaştiriş;

- Ular uçun Rossiyaga kelganidan keyin 30 kun içida tibbiy körikdan ötiş va barmoq izini röyxatdan ötkaziş talabini belgilaş, ammo rus tili, tarixi va huquq asoslari böyiça imtihon topşiriş talabini bekor qiliş;

- iş beruvçining iltimosiga binoan mehnat migrantlari guruhlari uçun viza berişni onlayn tarzda ötkaziş. 

«Kadrlar sohasida bizga samarali çoralar kerak. Bugun milliy özlikni himoya qiliş haqida köp gapirilmoqda, buning fonida, aksinça, eng yaqin qöşnilarimiz uçun kiriş tartibini kuçaytiriş va boşqa takliflar mavjud. Ammo bunday qadamlarning madaniy ma’nodagi barça afzalliklariga qaramay, agar iqtisodçining huşyor nigohi bilan qaralsa,  ular mutlaqo noreal bölib qoladi. Işçi kuçi taqçilligi allaqaçon pul-kredit siyosatida qaror qabul qiliş yölidagi asosiy tösiq sifatida tan olingan va bu muammoni hal qilmasak, iqtisodiyot töxtab qoladi», dedi Titov. 

Biznes-ombudsman ma’lumotlariga köra, Iqtisodiy ösiş instituti tomonidan ötkazilgan sörovnomada 54 foiz tadbirkor işçi kuçi yetişmasligini aytgan. 

Rossiyada işçi kuçi tanqisligi muammosi COVID-19 pandemiyasi davrida avjiga çiqdi. Ukrainada uruş boşlangaç va ommaviy safarbarlik e’lon qilingaç esa öta jiddiy tus oldi. Bundan taşqari, rublning hozirgi zaiflaşişi ham Rossiya bozorining mehnat migrantlari uçun jozibadorligini yanada kamaytirdi.