Şavkat Mirziyoyev topşiriği asosida boş vazir Abdulla Aripov 28 sentabr kuni Toşkent şahrining Sergeli tumanidagi omborxonada sodir bölgan portlaş sabablarini örganiş, körilgan talafotlarni bartaraf etiş va jabrlanganlarga yordam körsatiş böyiça hukumat komissiyasini tuziş töğrisida farmoyiş imzoladi. Bu haqda hukumat portali xabar berdi.

Uning tarkibiga favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qöldoşev, Toşkent şahar hokimi v.b. Şavkat Umurzoqov, içki işlar vazirining birinçi örinbosari Şavkat Rahmonov, soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatov, bandlik va kambağallikni qisqartiriş vaziri Behzod Musayev, Toğ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligi nazorat qiliş inspeksiyasi boşliği Baxtiyor Ğulomov, Sergeli hokimi va boşqalar (jami 16 kişi) kiritildi.

Komissiya zimmasiga uç kun muddatda favqulodda holat sabablarini örganiş, körilgan talafotlarni bartaraf etiş va jabrlanganlarga tibbiy va psixologik yordam körsatiş topşirildi.

Şuningdek, komissiya har bir uy-joyni, jumladan, aholi xonadonlari, köp qavatli uy-joylarning fasad qismlari, deraza va romlari hamda ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan boşqa bino va inşootlarga yetkazilgan zararlarni bartaraf etiş böyiça moddiy yordam körsatiş çoralarini köriş vazifasi yuklatildi.

Komissiya a’zolari hodisaning texnik va boşqa sabablarini, favqulodda holatni tavsiflovçi aşyoviy dalillarni, yonğin sodir bölgan obektda işlatilayotgan texnika qurilmalari sanoat va yonğin xavfsizligi talablariga muvofiqligini tekşiradi.

Şu bilan birga, zarar körgan har bir uy-joyni xatlovdan ötkazib, xususiy mulkdorlar xonadonlariga, köp qavatli uy-joylarning fasad qismlari hamda ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan boşqa bino va inşootlar holatini, örganiş natijalariga köra bajariladigan iş turlarini aniqlagan holda har bir uy-joy (obektlar) böyiça manzilli çora-tadbirlarni belgilaş holatini körib çiqadi.

Omborxonada sanoat va yonğin xavfsizligi sohasidagi qonunçilik hujjatlari, şuningdek, texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilganligi yuzasidan ötkazilgan örganişlar (tekşirişlar) va ularda aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça körilgan çoralarni örganib çiqadi.

Açilbay Ramatov boşçiligidagi komissiya yonğin sodir bölgan obektda favqulodda holatga olib kelişi mumkin bölgan boşqa omillarni aniqlaydi va tekşiriş natijalari böyiça Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritadi.