Prezident Şavkat Mirziyoyev Germaniya iqtisodiyoti Şarqiy qömitasi tomonidan taşkil etilgan iqtisodiy forumda iştirok etdi.

Davlat rahbari «Markaziy Osiyo - Germaniya» iqtisodiy forumiga muntazam tus berib, navbatdagi uçraşuvni Özbekistonda, barça mamlakatlarning işbilarmon doiralari iştirokida ötkazişni taklif qildi.

Özbekiston prezidenti global miqyosdagi işonç inqirozi jahon bozorlariga salbiy ta’sir körsatayotgan, muqobil savdo-logistika yönalişlarini izlaşga majbur qilayotgan oqibatlarini bugun mintaqa mamlakatlari ham sezayotganini ta’kidladi.

Şu munosabat bilan iştirokçilarning e’tibori Markaziy Osiyodagi jarayonlarga qaratildi.

«Endilikda bu umuman boşqaça, kuçli va jips mintaqa. Mamlakatlarimiz birgalikda zamonaviy tahdidlarga samarali qarşi turmoqda, barqaror ösişni namoyiş etmoqda», dedi prezident.

Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki ekspertlari hisob-kitoblariga köra, yaqin yillarda hudud davlatlari yalpi mahsulotining jami ösişi beş foizdan ortiq darajada barqaror saqlanib qoladi.

Bir neça yil içida mintaqa mamlakatlari köplab jiddiy masalalarni hal etişga muvaffaq böldi - çegaralar oçildi, savdo va transport aloqalari, gumanitar almaşinuvlar tiklandi.

«Biz avtomobilsozlik, energetika, elektrotexnika, töqimaçilik, kimyo va farmatsevtika tarmoqlarida, qişloq xöjaligida muhim kooperatsiya loyihalarini amalga oşirmoqdamiz.

Çegaradoş hududlarda hamkorlik markazlari va tadbirkorlik taşabbuslarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini yaratmoqdamiz.

Şu tufayli xalqaro hamjamiyatning mintaqamizga qiziqişi kuçayib bormoqda. Bugun Berlindagi uçraşuvlar buning yorqin tasdiğidir», - dedi Şavkat Mirziyoyev.

«Men va barça hamkasblarim uçun eng avvalo Markaziy Osiyoning tinçligi va osoyiştaligi, barqarorligi va izçil taraqqiyoti muhim.

Şunday şaroitlardagina mintaqamiz xorijiy hamkor va investorlar uçun jozibador böladi», - dedi prezident.

Mintaqaviy loyihalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida prezident Özbekistonda Germaniya yetakçi işlab çiqaruvçilarining yuqori sanoat texnologiyalari böyiça Markaziy Osiyo körgazmasini ötkaziş taklifini bildirdi.

Davlat rahbari mintaqa darajasida «yaşil» iqtisodiyot loyihalarini amalga oşiriş uçun Germaniya muhandislik-loyihalaştiriş markazlari va sanoat holdinglari bilan hamkorlik dasturini işlab çiqiş va qabul qilişni taklif etdi.

«Eng muhim xomaşyo resurslari sohasidagi qöşma loyihalar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bu sohada huquqiy asosni şakllantiriş, xususan, mintaqamiz mamlakatlari va Germaniya örtasidagi tegişli bitimni imzolaş zarur, deb hisoblaymiz.

Markaziy Osiyo içki ehtiyojlarni töliq ta’minlaş va Yevropa mamlakatlariga sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qiliş uçun zarur salohiyatga egaligini ekspertlar tasdiqlamoqda», deydi Şavkat Mirziyoyev.

Yakunda davlat rahbari Özbekistondagi işbilarmonlik taşabbuslari va qöşma investitsiya loyihalariga har tomonlama kömaklaşişga tayyorligini tasdiqlab, Markaziy Osiyo Germaniya biznesi uçun katta imkoniyatlar mintaqasi ekanini ta’kidladi.