Özbekistonda aholini zilzilaga tayyorlaşga möljallangan milliy elektron platforma işga tuşiriladi. Bu «Aholini zilzilada harakatlanişga tayyorlaş tizimini taşkil etiş töğrisidagi» Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilangan.

«Aholini zilzilaga tayyorlaş haftaligi» doirasida xar yili respublikadagi barça mahallalarda aholi iştirokida zilzila bilan boğliq favqulodda vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlaş böyiça qömondonlik-ştab, maxsus-taktik va obekt öquv maşqlari ötkazib boriladi.

Boğça bolalari, maktab, texnikum öquvçilari, oliygoh talabalari milliy elektron platforma orqali, şuningdek, maxsus maşğulotlar orqali tayyorgarlikdan ötkaziladi. Işlab çiqariş va xizmat körsatiş sohasida band bölgan aholi, harbiy xizmat, davlat taşkilotlari rahbar xodimlari öquv maşqlarida tayyorgarlikdan ötadi. 

Milliy elektron platforma orqali malaka oşiriş va qayta tayyorlaş öquv kurslari faoliyatini Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan birgalikda nazorat qiladi.