Uning sözlariga köra, bu ma’lumot yakuniy raqamlar emas. Jabrlanganlar soni ön mingga yaqinlaşgan.

Toliblarning Qatarda bölib turgan vakili Suhayl Şahin Al Jazeera telekanaliga juda köpçilik bedarak yöqolgani haqida aytgan. Tabiiy ofatdan jabrlangan hududlarda palatkalar, dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari taqçilligi kuzatilmoqda. U mahalliy tadbirkorlarga va nodavlat taşkilotlarga jabrlanganlarga yordam körsatişni sörab murojaat qilgan.

Avvalroq toliblar hukumati axborot va madaniyat vazirligi vakili Abdulvohid Rayan Associated Press agentligiga zilzila va undan keyingi kuçli afterşoklar oqibatida 2 mingdan ortiq kişi halok bölganini ma’lum qilgandi.

Uning sözlariga köra, olti qişloq vayron bölgan, yuzlab kişilar xarobalar ostida qolgan, omon qolganlar uçun esa favqulodda yordam körsatilişi talab etiladi.

AQŞ Geologiya xizmatiga köra, 6,3  magnitudali zilzila şanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 11 atrofida Hirotdan 40 km şimoli-ğarbda röy bergan.

Zilzila ortidan uçta kuçli afterşok kuzatilgan — 6,3, 5,9 va 5,5 magnitudali yer silkinişlari.

Kuçli afterşoklar qöşni Badgis va Farah viloyatlarida ham sezilgan.

Qutqaruvçilar tun böyi xarobalar ostida omon qolganlarni qidirişgan.

Jahon soğliqni saqlaş taşkilotiga köra, Hirot viloyatidagi kamida 12 qişloqda 4200 dan ortiq kişi yaşab kelgan 600 dan ortiq uylar vayron bölgan yoki qisman şikastlangan.

JSTning Afğoniston böyiça bölimi Zindoh Janga yaralanganlarni şifoxonaga olib keliş uçun 12 ta tez yordam maşinalari yuborilganini ma’lum qilgan.

«Bu zilzila oqibatida qurbon bölganlar va jabrlanganlar haqida xabarlar kelişi davom etayotgani tufayli şifoxonalarda bölib turgan jamoalar yaradorlarni da’volaşda yordam körsatmoqda va talabni baholamoqda, — deyilgan BMT tvitter sahifasida. — JST taqdim etgan tez yordam maşinalari jabrlanuvçilarni taşimoqda, ularning aksari ayollar va bolalar».

Mamlakatda soğliqni saqlaş tizimi juda yomon ahvolda, şifoxonalarda köp miqdordagi jabrlanuvçilarga yordam körsatiş uçun şaroitlar yöq. BMT va boşqa taşkilotlar mamlakatga insonparvarlik yordami yetkazişni boşlagan.

«Biz ofislarimizda edik va kutilmaganda bino titray boşladi. Devorlardan ştukaturka tuşib keta boşladi, yoriqlar paydo böldi, ayrim devorlar va binolarning bir qismi qulab tuşdi», - degan AFP agentligiga Hirotda yaşovçi Başir Ahmad.

«Men öz oilam bilan qönğiroqlaşa olmayapman, mobil aloqa işlamayapti. Men juda xavotirdaman va qörqyapman, bu juda qörqinçli edi», - deya qöşimça qilgan u.

«Tolibon» soğliqni saqlaş vaziri tabiiy ofat kölamini baholaş uçun Hirotga taşrif buyurgan.

Hirot markaziy şifoxonasida olingan kadrlarda tomizgiçlarga ulangan jabrlanuvçilarga köçaning özida yordam körsatilayotgani aks etgan.

Boşqa kadrlarda Hirotning Injil tumanidagi vayrongarçiliklarni köriş mumkin, bu yerda yöllar tösilib qolgani qutqaruvçilar faoliyatiga tösqinlik qilgan.

Hirot şarqdagi Eron bilan çegaradan 120 km masofada joylaşgan va Afğonistonning madaniy poytaxti hisoblanadi. Jahon bankining 2019 yildagi ma’lumotlariga köra, viloyatda 1,9 mln atrofida kişi yaşagan.

Afğonistonda, ayniqsa Hindikuş toğli massivida tez-tez zilzilalar röy berib turadi, çunki u Yevrosiyo va Hind tektonik plitalari tutaşgan joyda joylaşgan.

2022 yil iyunida Paktika viloyatida röy bergan 5,9, magnitudali zilzila oqibatida 1000 dan ortiq kişi halok bölib, ön minglab kişilar boşpanasiz qolgandi.