Uçraşuvda Özbekiston va YUNISEF örtasidagi hamkorlikning muhim jihatlari körib çiqildi, aloqalarni yanada mustahkamlaşga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.

Keyingi yillarda Özbekistonning BMT institutlari, xususan YUNISEF bilan munosabatlari faollaşgani, mamlakatimizda qator yirik qöşma tadbir va loyihalar amalga oşirilayotgani, bolalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, jumladan, ularning sifatli ta’lim-tarbiya olişi uçun yaratilayotgan şart-şaroitlar samarasini ta’minlaşda tuzilmaning örni alohida ekani qayd etildi. 

Muloqot davomida perinatal salomatlik, bolalar ösişi hamda rivojlanişi holatini örganişga oid 2024–2025 yillarda Oziqlaniş böyiça ikkinçi milliy tadqiqotni ötkaziş, bolalarda irsiy kasalliklarning oldini oliş va davolaş samaradorligini oşiriş, şuningdek, bolalarni ijtimoiy himoya qiliş tizimini takomillaştiriş borasida amaliy hamkorlikni kuçaytiriş yuzasidan takliflar bildirildi. 

Ta’lim, inklyuziv ta’lim va soğliqni saqlaş tizimlarining huquqiy-institutsional asoslarini takomillaştiriş borasida ham fikr almaşildi. 

Özbekistondagi YUNISEF vakolatxonasi hamkorligida multiindikator klaster kuzatuvlarini (MICS) ötkaziş qamrovini yanada kengaytiriş hamda uşbu tadqiqotga mutasaddi davlat taşkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarini yanada keng jalb qiliş yuzasidan sa’y-harakatlarni birlaştirişga kelişildi. Şuningdek, Bola huquqlari töğrisidagi BMT konvensiyasini ijro etiş böyiça milliy harakatlar rejasini yaqin fursatda qabul qiliş zaruratiga ham alohida e’tibor qaratildi. 

Uçraşuv yakunida Özbekistonning YuNICeF bilan konstruktiv hamda samarali hamkorligini amaliy loyihalar bilan mustahkamlaşga kelişib olindi.