Avstriyalik ekspertlar fikriça, Markaziy, Şarqiy va Janubiy Yevropa mamlakatlarida iqtisodiy ösiş tobora köproq tahdid ostida qolyapti. «Germaniyadagi tanazzul, xalqaro vaziyatning yomonlaşuvi, barqaror yuqori inflatsiya, qattiq pul-kredit siyosati va yumşoq fiskal çoralar iqtisodiyot uçun muammolarni keltirib çiqarmoqda», dedi Venadagi Xalqaro iqtisodiy tadqiqotlar instituti (WiiW) eksperti Branimir Yovanoviç 11 oktyabr, çorşanba kuni.

Mavjud vaziyatni hisobga olgan holda, WiiW mintaqaning Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarida iqtisodiy ösiş atigi 0,6 foizni taşkil etişini kutmoqda. Bu yevrozona mamlakatlari uçun prognoz bilan deyarli bir xil darajada (0,5 foiz), lekin yozgi mavsum bilan soliştirganda prognoz ikki baravar pasaygan, deya ta’kidladi Yovanoviç. 

Estoniya, Vengriya va Litva uçun WiiW yalpi içki mahsulotning pasayişini prognoz qilmoqda. Ruminiya va Xorvatiyada vaziyat nisbatan yaxşiroq körinyapti, ularda koronavirus pandemiyasi tufayli yetkazilgan zararni iqtisodiy tiklaş uçun Yevropa jamğarmasidan mablağlar mavjudligi tufayli ösiş 2,5 foizni taşkil etadi. 

Ukraina va Rossiya uçun prognoz 

Rossiya harbiy harakatlaridan aziyat çekayotgan Ukraina uçun WiiW vaziyat yaxşilanişini taxmin qilmoqda. Institutlar ekspertlarining qayd etişiça, Ukraina iqtisodiyoti Rossiya agressiyasi oqibatlarini kutilganidan ham yaxşiroq yengmoqda. Şu sababli, Wiiw Ukrainadagi iqtisodiy ösiş prognozini 3,6 foizga oşirdi. 

Rossiya iqtisodiyoti, WiiW prognozlariga köra, joriy yil oxirigaça 2,3 foizga ösadi. Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, Rossiyada harbiy xarajatlar oşişi mudofaa sanoatiga ijobiy ta’sir körsatadi, bu esa iş haqi oşişi bilan birga iqtisodiy ösişga olib keladi. Mutaxassislarning fikriça, Rossiyada işsizlik rekord darajada past, korxonalar juda katta hajmdagi buyurtmalar bilan yuklangan.