Rossiyaning «Gazprom neft» kompaniyasi Özbekiston konlarida quduqlarni burğilaş jarayonlarini optimallaştirişga yordam beradi. «Rossiya energetika haftaligi» forumi doirasida kompaniya «Özbekneftgaz» AJ bilan tegişli şartnoma imzoladi.
«Gazprom neft» bilan hamkorlik «Özbekneftgaz»ga quduqlarni burğilaş vaqtini 20 foizdan köproq qisqartiriş imkonini berişi kutilmoqda.
Şartnomada «Özbekneftgaz» konlarida quduqlarni quriş va ulardan foydalaniş uçun «Gazpromneft-Noyabrskneftegaz» loyihasi operatori tomonidan muhandislik yondaşuvlari va yeçimlari kompleksi işlab çiqilişi belgilab qöyilgan. Bu burğilaşning texnologik nazorati, burğilaş uskunalari auditi, şuningdek, quduqlar dizaynini özgartiriş va burğilaş suyuqliklarining optimal formulasini tanlaş böyiça tavsiyalar işlab çiqişni öz içiga oladi.
«Gazpromneft-Noyabrskneftegaz» - «Gazprom neft» kompaniyasining şö’ba korxonasi. Kompaniya Yamalo-Nenets va Xanti-Mansi avtonom okrugidagi 37 ta konda neft va gaz qazib oladi.












