Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 16 oktyabr kuni Samarqand şahrida Butunjahon turizm taşkiloti (YuNVTO) Boş assambleyasining 25-sessiyasini ötkaziş doirasida mamlakatda bölib turgan BMT tizimidagi uşbu yetakçi tuzilmaning boş kotibi Zurab Pololikaşvilini qabul qildi.

Özbekiston turizm salohiyatini oşiriş böyiça BMTning ixtisoslaştirilgan instituti bilan köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Turizm tarmoğini isloh qilişda Özbekistonning strategik hamkoriga aylangan YuNVTO bilan hamkorlikda misli körilmagan yuksak darajaga erişilgani qayd etildi.

“Ipak yölida turizm” brendini keng yoyiş, jumladan, turizm infratuzilmasini rivojlantiriş, mamlakatimizga turizm yönalişlarini ommalaştiriş, malakali kadrlar tayyorlaşga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oşiriş borasidagi qöşma sa’y-harakatlar yuqori baholandi.

Mamlakatda YuNVTO Boş assambleyasining yubiley sessiyasi ötkazilişi, uning doirasida Samarqand şahrida Xalqaro turizm akademiyasi va “Ipak yöli” tematik ofisining oçilişi hamkorlikning muhim amaliy natijalari böldi.

YuNVTO boş kotibi Özbekiston prezidentiga turizm sohasining joriy yilgi boş xalqaro tadbiri yuksak saviyada tayyorlanişi va taşkil etilişiga körsatilgan kömak uçun minnatdorlik bildirdi.

Forumda dunyoning 140 dan ortiq mamlakatidan yuqori darajali delegatsiyalar iştirok etayotgani global va mintaqaviy turizm markazlaridan biri sifatida Özbekistonga bölgan qiziqiş ortib borayotganidan dalolat ekani ta’kidlandi.

Boş assambleya doirasida turizm sohasidagi yetakçi kompaniyalar, oliy ta’lim muassasalari va taşkilotlar iştirokida investitsiya va ta’lim forumlari ham bölib ötadi. Ular yakunida mazkur yönalişlar böyiça qöşma dastur va loyihalarni amalga oşiriş yuzasidani aniq şartnoma va bitimlar imzolanişi kutilmoqda.

Uçraşuv yakunida yubiley sessiyaning asosiy yakunlarini amalga oşiriş uçun qöşma “yöl xaritasi”ni qabul qilişga kelişib olindi.