Apple Pay – bu dökonlar, ilovalar va saytlardagi xaridlar uçun tölov qilişning sodda, xavfsiz hamda maxfiylik taʼminlangan usulidir.

Dökonda tölov qilişda iPhone yoki Apple Watch yon tomonidagi tugmani ikki marta bosiş va qurilmani kontaktsiz tölov terminaliga yaqinlaştiriş kifoya. Apple Pay bilan har bir xarid himoyalangan: tölovni tasdiqlaş uçun Face ID, Touch ID yoki qurilmaning kod-paroli, şuningdek, faqat bir marta qöllanadigan noyob dinamik xavfsizlik kodi talab qilinadi. Apple Pay orqali kontaktsiz tölovlarni qabul qiluvçi oziq-ovqat dökonlari, dorixonalar, restoranlar, kafelar, çakana savdo dökonlari va boşqa köplab savdo nuqtalarida tölovni amalga oşiriş mumkin.

Mastercard kartalari sohiblari ilovalar va saytlardagi xaridlar haqini ham iPhone, iPad va Mac yordamida tölaşlari mumkin – bu tez va qulay bölib, hisob yozuvlarini yaratişni va har gal kontakt maʼlumotlarini, öz kartasi rekvizitlarini, şuningdek, yetkaziş manzilini kiritiş hamda hisob taqdim etişni talab qilmaydi.

Mastercard kompaniyasining Şarqiy Yevropa divizioni prezidenti Avşar Gurdal:

“Biz ham Özbekistonda, ham butun Markaziy Osiyo mintaqasida raqamli tölovlar jöşqin ösişini kuzatişda davom etyapmiz. Kartalar sohiblarining qulay raqamli tölov servislariga talablari kuçayişi barobarida Mastercard hamkor banklar bilan yaqindan hamkorlik qilib, innovatsion tölov yeçimlarini joriy etmoqda va kartalar sohiblariga tölov uçun yanada kengroq imkoniyatlar taqdim qilmoqda.

Apple Pay işga tuşirilişi – bu Özbekiston raqamli tölov ekotizimining rivojidagi muhim bosqiç. Endilikda Mastercard kartalari sohiblari özlariga qulay Apple qurilmasi yordamida tezkor, qulay va xavfsiz kundalik tölovlarni amalga oşirişlari mumkin”.

Apple Pay texnologiyalari asosida xavfsizlik va maxfiylik yotadi. Apple Pay yordamida debet yoki kredit karta bilan tölov qilişda uning amaldagi raqami na foydalanuvçining devaysida va na Apple serverlarida saqlanib qoladi, şuningdek, Apple kompaniyasi tomonidan sotuvçiga ham jönatilmaydi. Buning örniga kartaga qurilma hisob yozuvi noyob raqami (Device Account Number) biriktiriladi, u esa şifrlanadi va Secure Element – qurilmada tölov axborotini xavfsiz saqlaş uçun möljallangan maxsus sertifikatsiyalangan çipda işonçli saqlanadi.

Apple Pay’ni sozlaş oson. iPhone’da Wallet ilovasini oçib “+”ni bosiş va debet yoki kredit kartasini qöşiş uçun yöriqnomalarga rioya qiliş yetarli. iPhone, Apple Watch, iPad yoki Mac’ga karta biriktirilgan zahoti karta sohibi tegişli qurilmada Apple Pay’ni işlata boşlaşi mumkin.