Qişloq xöjaligi vazirligi Energetika vazirligi bilan kuz-qiş mavsumida aholi gaz tarmoğiga ulanmagan issiqxona xöjaliklariga tabiiy gaz yetkazib beriş böyiça şartnoma tuziş işlarini boşladi. 

Qayd qilinişiça, tadbirkorlik sub’yektlariga 1 kub.m. gaz yetkaziş tannarxi 1500 sömni taşkil qiladi. Tadbirkor gaz ta’minotidan foydalanişi uçun raqamli ölçov hisoblagiç örnatişi, zaxira yoqilğiga ega bölişi hamda oldindan bönak tölovini amalga oşirişi talab qilinadi. Xabarda tadbirkorlarga yetkazib beriladigan gaz turi va usuli haqida ma’lumot keltirilmagan. 

Xabarga köra, 18 oktyabr kuni bölib ötgan yiğilişda issiqxona xöjaliklari faoliyatini takomillaştiriş va samaradorligini oşiriş masalalari muhokama etilgan. Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri qişloq xöjaligi boşqarmalari, «Hududgazta’minot» AJ mas’ullari hamda issiqxona faoliyati bilan şuğullanuvçi tadbirkor iştirok etgan.