Jahon banki Innovatsion rivojlaniş vazirligi tomonidan boşlangan (Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 apreldagi “Xalqaro taraqqiyot uyuşmasi iştirokida “Özbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qiliş” loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 172-son qaroriga muvofiq) va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan davom ettirilayotgan MUNIS loyihasini moliyalaştiriş orqali Özbekiston Respublikasining innovatsion siyosati kun tartibini qöllab-quvvatlamoqda.

MUNIS loyihasi tadqiqot va işlanmalarning (R&D) natijadorligi va iqtisodiy qiymatini oşiriş, yangi yoki takomillaştirilgan mahsulotlar, texnologiyalar va jarayonlarni işlab çiqiş uçun korxona darajasidagi innovatsiyalarni rağbatlantiriş uçun siyosat vositalari töplamini ta’minlaş, şuningdek, Xalqaro ekspertlar kengaşi (XEK) va texnologiyalar transferi markazi (TTM) kabi yangi institutlarni yaratişga yönaltirilgan uçta asosiy komponentdan iborat. Bundan taşqari, MUNIS loyihasi körsatilgan tadbirlarni amalga oşirişni qöllab-quvvatlaş uçun texnik yordam va salohiyatni oşirişga qaratilgan. Xususan, 1-komponent ilmiy-tadqiqot işlarining sifati va dolzarbligini oşiriş, şuningdek, maxsus raqobatbardoş moliyalaştiriş dasturlari orqali ilmiy-tadqiqot institutlarini modernizatsiya qilişni qöllab-quvvatlaydi. 2-komponent innovatsiyalarni birgalikda moliyalaştiriş, mahalliy yetkazib beruvçilarni rivojlantiriş dasturi va milliy infratuzilmani modernizatsiya qiliş orqali barqaror innovatsiyalar va sanoat-akademik hamkorlikni rağbatlantiradi. 3-komponent pilot mexanizmlarni işlab çiqiş, joriy etiş va davlat siyosatining asosiy vositalariga integratsiyalaşuvini qöllab-quvvatlaş uçun texnik kömak dasturlarini moliyalaştiradi.

Uşbu sessiyaning asosiy maqsadi MUNIS loyihasining amalga oşirilişini muhokama qilişdir. Xususan, quyida keltirilgan har bir kiçik komponent doirasida işlab çiqilgan va joriy etilgan fan va innovatsiyalar sohasini rivojlantiriş mexanizmlari batafsil yoritib berildi.

1.1-subkomponent – Ilmiy tadqiqot sifatini oşiriş dasturi (REP) davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari tadqiqot sifatining xalqaro standartlariga erişişga intiliş qobiliyatini oşirişga qaratilgan. Bunga erişiş uçun subkomponent ikkita asosiy mezonga asoslangan zamonaviy tadqiqotlarni moliyalaştiriş vositalarini amalga oşirişni qöllab-quvvatlaydi: ilmiy qiymat va potensial nuqtai nazardan qat’iy saralanganligi yoki natijalarning ijtimoiy ahamiyatga egaligi. REP, şuningdek, yoş tadqiqotçilar uçun xalqaro hamkorlik (tadqiqot sifatini oşiriş uçun) va martaba rivojlanişiga ustuvor ahamiyat beradi.

1.2-subkomponent – Ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlaştiriş dasturi (RSP) ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlaştirişni rivojlantirişga qaratilgan. Uning maqsadi yangi va sifatli iş örinlari va sotiladigan mahsulotlar va xizmatlarni yaratiş orqali munosib benefitsiarlarning uzoq muddatli tijorat barqarorligini rağbatlantiriş va mustahkamlaşdan iborat. Iş bilan ta’minlaş imkoniyatlari ilmiy tadqiqotlarni tijoratlaştirişda, şuningdek, butun dunyo böylab yuqori texnologiyali mahsulotlarni loyihalaş, işlab çiqariş va yetkazib beriş bilan boğliq böladi.

1.3-subkomponent – Davlat ilmiy taşkilotlarini modernizatsiya qiliş (PRIM) davlat ilmiy-tadqiqot institutlarini institutsional modernizatsiya qiliş rejalarini işlab çiqiş va amalga oşirişni qöllab-quvvatlaydi. Şuningdek, subkomponent tadqiqot infratuzilmasini modernizatsiya qiliş uçun texnik yordam körsatadi.

2.1-subkomponent – Innovatsion salohiyatni rivojlantiriş dasturi (ICP). Subkomponentning maqsadi kiçik va örta korxonalarga yangi yoki takomillaştirilgan mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlarni işlab çiqiş, ularning içki, mintaqaviy va global bozorlarda kengayişiga imkon berişdir. ICP quyidagilarni moliyalaştiradi: (a) yetkazib beruvçilarni rivojlantiriş taşabbusi (SDI) doirasida mahalliy kiçik va örta korxonalar tomonidan sifat standartlarini qabul qiliş uçun yetkazib beruvçilarni rivojlantirişga muvofiqlaştiriş grantlari; (b) milliy sifat infratuzilmasining (NQI) tanlangan qismlarini modernizatsiya qilişni qöllab-quvvatlaş uçun xarid qiliş mumkin bölgan jihoz-uskunalar bilan maqsadli texnik yordam (uskunalar sotib oliş va tartibga soliş islohotlarini amalga oşiriş).

2.2-subkomponent – Ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik işlanmalariga biznes-investitsiya dasturi (BIRD). Subkomponentning maqsadi kiçik va örta biznesni ilmiy-tadqiqot işlariga investitsiyalarni rağbatlantirişdan iborat. Uşbu subkomponent tadqiqotni tijoratlaştirişning keyingi bosqiçlarini, kiçik va örta biznesdagi ilmiy-tadqiqot loyihalarini va bilimga asoslangan startaplarning dastlabki bosqiçlarini qöllab-quvvatlaydi. BIRD kiçik va örta biznesning qöşma P&D-loyihalar, şuningdek, kiçik va örta biznes hamda davlat tadqiqot institutlari örtasidagi qöşma P&D-loyihalar uçun mos keladigan grantlarni taklif qiladi.

Tadbirda iştirok etiş uçun 150 dan ortiq ilmiy va biznes hamjamiyatlari vakillari, xalqaro ekspertlar, vakolatli davlat organlari va manfaatdor taşkilotlar xodimlari taklif etildi.

Reklama