Toşkent şahrida ötkazilayotgan “Innoweek-2021” texnologiyalar haftaligida Qayta tiklanuvçi energiya manbalari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan yaratilgan meteostansiya namoyiş qilindi. Institut katta ilmiy xodimi Jobir Ahadovning aytişiça, qurilma havoning namligi, harorati, şamol tezligi va yönalişlari hamda quyoş radiatsiyasi parametrlarini ölçaşga möljallangan.

“Hozirga qadar Özbekistonda meteostansiya işlab çiqarilmagan, ya'ni xorijdan import qilingan. Biz yaratgan qurilma import örnini bosadi. Ayni paytda meteostansiyani kiçik seriyada işlab çiqarişni yölga qöydik”, deydi Jobir Ahadov.

Qayd etilişiça, uskunaning afzalligi - arzonligida. Masalan, Osiyo taraqqiyot banki orqali Özbekistonga 6ta meteostansiya 100 ming dollarga xarid qilingan bölsa, uning yillik litsenziyasini uzaytiriş 103 ming yevroni taşkil etadi. Ya'ni, meteostansiyaning narxidan uning litsenziyasini uzaytiriş qimmat.

“Şu sababli, biz özimizning dasturiy mahsulotni işlab çiqdik va uning narxi 50 mln söm atrofida. Meteostansiyada şamol, quyoş, namlik qurilma datçiklari orqali informatsiya kompyuterga yiğiladi. Uskuna orqali respublikaning turli nuqtalaridagi ma'lumotlarni bir joyga jamlaş, barça iqlimiy körsatkiçlarni tahlil qilib boriş mumkin.

Töğri, hozirça datçiklarini çet eldan olamiz. Uskunaning özi biz işlab çiqqan dastur asosida işlaydi. Kelgusida datçiklarni ham özimizda işlab çiqariş niyatimiz bor. Gidrometeorologiya markazi bazalarida mazkur meteostansiyalarni örnatiş böyiça kelişuvlar olib bormoqdamiz”, deya ma'lum qildi Qayta tiklanuvçi energiya manbalari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi.