«Aqlli svetofor», uzum danagidan olinadigan moy, quyoshda zaryadlanuvchi qurilmalar - Innoweek’dan fotoreportaj
Kun.uz yoshlari xalqaro innovatsiyalar haftaligida o‘zbekistonliklar yaratgan yangi qurilma va mahsulotlar ko‘rgazmasidan fotoreportaj tayyorladi.
Innovatsion rivojlanish vazirligida «Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi» bo‘lib o‘tmoqda. Kun.uz haftalik doirasidagi ko‘rgazmalardan eng qiziq loyihalar haqida fotoreportaj tayyorladi.

Sun'iy intellekt asosida ishlaydigan aqlli svetofor. U quyoshdan quvvat oladi. Loyiha muallifining aytishicha, svetofor yo‘ldagi mashinalar hajmiga qarab, uzoq yoki qisqa muddatda mashinalarga ruxsat belgisini yoqib turadi. Piyodalar yo‘lagiga o‘rnatiladigan yo‘l belgisi odam qadamini sezadi va odam yaqinlashganda «peshexod» belgisini yoqadi. Loyiha Xorazm viloyatining ayrim yo‘llarida ishga tushgan.
«Tuproq ichidan sug‘orish uskunasi». U tomchilatib sug‘orishda suvning o‘simlik ildiziga yetib borishini ta'minlaydi, me'yorni saqlab turadi.
Maxsar o‘simligining «Jizzax-1» va zig‘irning «bahorikor» navi. Loyiha mualliflariga ko‘ra, ular lalmikor maydonlarda ekish uchun serhosil, moy chiqishi yuqori, import o‘rnini bosuvchi o‘simliklarning yangi navlaridir.
Uzumning «Grape in vitro» navi urug‘idan olinadigan, farmatsevtika tarmog‘ida ishlatiladigan moy turi. Loyiha muallifiga ko‘ra, ushbu moy eksport uchun tayyorlanadi, chunki uning texnologiyasi O‘zbekistonda yo‘q. Moy ancha qimmat mahsulot hisoblanadi.
Quyosh radiatsiyasi, shamol tezligi va yo‘nalishi, havo harorati, yog‘ingarchilik miqdorini o‘lchab borish meteostansiyalarining kichik seriyasi.
Quyosh fotoelektrik tizimi
O‘zbek tilidagi matnni ovozga aylantiruvchi dastur. U disklarga yuklangan. Dasturning telegram boti ham bo‘lib, istalgan o‘zbekcha matnni ovozlashtiradi.
Suv isitish qurilmasi. Loyiha muallifining ta'kidlashicha, qurilma quyoshdan zaryad oladi. Quyosh nuri yetarli bo‘lmagan vaqtda qurilmani elektr tokiga ulash imkoni ham bor.
Madina Ochilova tayyorladi.
Tadbirdan reportaji.
Mavzuga oid

07:30 / 23.04.2024
Toshkentda piyodaga yo‘l bermay, svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi

07:50 / 23.02.2024
Toshkentda nosoz svetofor sabab haydovchiga kelgan jarima bekor qilindi

07:29 / 02.11.2023
Toshkentda 250 ta tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyiga chaqiruv tugmali svetoforlar o‘rnatiladi

07:19 / 15.09.2023