Maldivning yangi prezidenti orollardan Hindiston qo‘shinini chiqarib yuborishga va’da berdi
O‘tgan oyda Maldiv Respublikasidagi prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqan Muhammad Muizzu Hindistondan mamlakatdagi qo‘shinlarini olib chiqib ketishni talab qilmoqda.

Muhammad Muizzu / Foto: Getty Images
“Maldiv yerlarida xorijlik harbiylarning qadam bosishini istamaymiz... Men Maldiv xalqiga shunday deb va’da berganman va o‘z va’damni birinchi kundanoq bajaraman”, – dedi saylangan prezident BBCga bergan intervyusida.
Muizzu noyabr oyi oxirida prezidentlik lavozimiga kirishadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u saylovda g‘olib chiqqanidan keyin bir necha kun o‘tib hind elchisi bilan uchrashgan va unga “Hindiston harbiylarining mutlaq hammasi olib ketilishi kerakligini aniq qilib aytgan”.
Maldiv – uzoq vaqtdan buyon Hindistonning ta’sir doirasidagi davlat. Mamlakatning yangi rahbari qo‘yayotgan talab katta ehtimol bilan Male va Dehli o‘rtasida diplomatik taranglikka sabab bo‘ladi.
Muhammad Muizzuning saylovda g‘olib chiqishi Hindiston uchun muvaffaqiyatsizlik deb ko‘rilmoqda. Uning raqibi – amaldagi prezident Muhammad Solih 2018 yilda bu lavozimni egallaganidan buyon mamlakatni Hindistonga yaqinlashtirgan edi.
Muizzuni qo‘llab-quvvatlayotgan partiyalar koalitsiyasi Solihning “birinchi o‘rinda Hindiston” qabilidagi siyosatini Maldivning suvereniteti va xavfsizligiga tahdid deb hisoblaydi. Solihning o‘zi bu ayblovlarni bo‘rttirilgan deb atagan.
Yangi prezidentning tarafdorlari Xitoy bilan yaqinlashishni qo‘llab-quvvatlaydi. Pekin Maldiv orollariga infratuzilma va taraqqiyot loyihalari uchun qarzlar va grantlar shaklida yuzlab million dollar investitsiya kiritgan. Muhammad Muizzu xitoyparast ekani haqidagi tanqidlarga javoban, Maldiv orollarining manfaatlari va mustaqilligini birinchi o‘ringa qo‘yishini aytgan. “Men hech bir davlatga xayrixoh yoki qarshi emasman”, degan u.
Ayni paytda Hindiston tomonidan Maldivga yotqizilgan sarmoyalar hajmi ham 2 mlrd dollardan oshadi. Dehli Hind okeanining muhim qismini monitoring qilish imkonini beruvchi strategik joylashuvga ega orollarda o‘z ta’sirini saqlab qolishdan manfaatdor. Agar qo‘shinlarini olib chiqib ketishga majbur bo‘lsa, bu Hindiston tashqi siyosati uchun muvaffaqiyatsizlik bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tojikistonda internetda «layk» bosganlik uchun jinoiy jazo bekor qilindi
Jahon | 17:14
-
Texnomart GUM filialida Samsung kompaniyasining SmartThings zonasi ochilishi: aqlli uy haqiqatga aylanmoqda!
O‘zbekiston | 17:00
-
Instagram o‘smirlar uchun ba’zi cheklovlarni joriy qiladi
Jahon | 16:39
-
“Qishloqda yashab ham kam bo‘lmadik” - qo‘shtepalik bog‘bon
Jamiyat | 16:35
Mavzuga oid

21:17 / 10.04.2025
Apple Tramp tariflarini chetlab o‘tish uchun Hindistondan 1,5 million dona iPhone olib chiqadi

22:59 / 07.04.2025
Hindistonda soxta kardiojarroh 15 kishini operatsiya qildi. Kamida yetti bemor vafot etdi

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025