2023 yilning birinçi yarmida Rossiyada RF qurolli kuçlari haqidagi «feyklar» uçun ötgan yilga nisbatan köproq hukm çiqarildi. Bu haqda 23 oktyabr, duşanba kuni «Kommersant» gazetasi Oliy sud huzuridagi Sud departamenti statistik ma’lumotlariga tayanib yozdi.
Şu tariqa, joriy yilning birinçi olti oyida Rossiya sudlari armiya haqidagi «feyklar» moddasi böyiça 21 kişiga hukm çiqardi. Sakkiz kişi haqiqiy qamoq jazosiga, yana uç kişi şartli qamoq jazosiga hukm qilindi va ön kişi jarimaga tortildi. Taqqoslaş uçun: butun 2022 yil davomida Rossiyada 14 kişi Rossiya qurolli kuçlari harakatlari haqida «qasddan yolğon ma’lumot tarqatganlik» uçun sudlangan. Ulardan ikkisiga haqiqiy qamoq jazosi tayinlangan.
Şu bilan birga, armiyani «obrösizlantiriş» böyiça ma’muriy işlar soni 2022 yilning şu davriga nisbatan deyarli ikki baravar kamaydi, deya qayd etdi jurnalistlar. 2022 yilning birinçi yarmida Rossiya sudlari 2953 ta tegişli bayonnomani, 2023 yilning şu davrida esa 1690 ta protokolni körib çiqdi.
Rossiya armiyasini «obrösizlantiriş» uçun haqiqiy jazo muddatlari
Şu bilan birga, armiyani «obrösizlantiriş» holatlarida Rossiya sudlari 2023 yilda qamoq jazolarini öz içiga olgan hukmlarni çiqara boşladi. Şu tariqa, 2023 yilning olti oyida Rossiyada uşbu modda böyiça 15 kişi sudlangan, ulardan ikki nafari qamoq jazosiga hukm qilingan. «Ötgan yili obrösizlantiriş uçun heç kim qamoqqa olinmagan: butun 2022 yilda buning uçun bor-yöği uç kişi sudlangan, ammo eng oğir jazo jarima edi», — deya ta’kidlaydi «Kommersant» naşri.
Armiyani «obrösizlantiriş» va RF qurolli kuçlari haqida «feyklar» böyiça moddalar
Rossiya armiyasini «obrösizlantiriş» uçun ma’muriy va jinoiy javobgarlik, şuningdek, Rossiyada harbiy xizmatçilar haqidagi «feyklar» uçun jinoiy javobgarlik 2022 yil mart oyida joriy etilgan. Bir yil ötgaç, 2023 yil mart oyida tegişli qonunlar yollanma askarlar va «köngillilar»ga nisbatan xuddi şunday «qonunbuzilişlar»ni qamrab oliş uçun kengaytirildi.
19 oktyabr kuni Rossiya Davlat dumasi Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşgan rossiyalik gvardiyaçilarga nisbatan «feyklar» uçun javobgarlikni nazarda tutuvçi qonun loyihasini birinçi öqişda ma’qulladi.












