Dunyodagi eng yirik suveren jamğarma hisoblangan Norvegiya davlat pensiya jamğarmasi (GPFG) juda katta zarar körgani haqida xabar berdi.

Taşkilot hisobotida aytilişiça, uçinçi çorakda 2,2 foiz zarar körilgan va qariyb 34 milliard dollar ekvivalenti yöqotilgan.

«Ayniqsa, texnologiyalar, sanoat va iste’molçilar sektori rentabellikka salbiy ta’sir körsatdi», dedi boş direktor örinbosari Trond Grande.

Norvegiya kronasi kursining kötarilişi ham jamğarma qiymatini pasaytirgan.

Norvegiya davlat pensiya jamğarmasi (GPFG) Xitoyning ikkita fondini ortda qoldirib, dunyodagi eng yirik jamğarma hisoblanadi. Ayni paytda fond dunyodagi barça aksiyalarning qariyb 1,5 foiziga egalik qiladi. U 70 ta mamlakatdagi 9,2 mingdan ortiq kompaniya aksiyalariga ega. Qimmatli qoğozlar portfelining eng katta uluşini Apple, Microsoft, Alphabet (Google), Amazon va Nvidia aksiyalari egallaydi. Davlat qimmatli qoğozlari portfelida eng katta uluşni AQŞ obligatsiyalari, kamroq darajada esa Yaponiya va Germaniya obligatsiyalari egallaydi.

GPFG ötgan yilning birinçi yarmida rekord darajadagi 174 milliard dollar yöqotgan edi.