Rossiya hukumati mamlakatga işlaş uçun kelayotgan xorijiy fuqarolarning rus tilini örganişi uçun öquv va uslubiy materiallar joylaştiriladigan raqamli platformani işga tuşiriş imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda hukumat saytida xabar berilgan.

Raqamli format mehnat migrantlariga rus tilini örganiş jarayonini osonlaştiriş va tezlaştiriş uçun möljallangan bölib, ularga iş topiş va jamiyatga tez moslaşişda yordam berişi ta’kidlanmoqda.

Şuningdek, hukumat tomonidan xorijiy fuqarolar va iş beruvçilarning elektron reyestrlarini yaratiş hamda davlat organlari va çet el fuqarolari örtasidagi barça turdagi özaro munosabatlarni onlayn formatga ötkaziş masalalari muhokama qilindi. Bu esa migrantlar ustidan nazoratni kuçaytiriş imkonini berişi aytilmoqda.

Hukumatning strategik yiğilişlari Rossiyaning 2025 yilgaça bölgan davlat migratsiya siyosati konsepsiyasini amalga oşirişni ta’minlaşga qaratilgan. Konsepsiya 2012 yilda Rossiya prezidenti tomonidan tasdiqlangan va bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda. Migratsiya siyosatining asosiy yönalişlari Rossiyaga zarur bölgan işçi kuçini jalb qiliş, migrantlarni moslaştiriş va noqonuniy migratsiyani bartaraf qilişdan iborat.