Taxminan bir yil davomida Rossiyaning Yevropa Ittifoqidagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvçi Kirill Logvinov Belgiya rasmiylari tomonidan Rossiya taşqi razvedka xizmatida işlaganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Germaniyaning Der Spiegel naşri, Belgiyaning De Tijd gazetasi, Şvetsiyadan Expressen, Estoniyadan Delfi, Litvadan LRT, Polşadan VSquare va Fronstory, Slovakiyadan ICJK va Mixail Xodorkovskiy asos solgan «Dose» markazi iştirok etgan Espiomats’ning 24 oktyabr, seşanba kuni çop etilgan qöşma suriştiruvida ma’lum qilindi.
Naşrning qayd etişiça, 48 yoşli diplomatga oid miş-mişlar va şubhalar ötgan yili Bryusselda paydo bölgan. Belgiya kontrrazvedkasi Logvinovni josuslikda gumon qilib, deportatsiya qilinişi kerak bölgan şaxslar röyxatiga kiritişni qat’iy talab qilgan, ammo bu heç qanday natija bermagan. «Faol razvedka xodimlarini Belgiyadan çiqarib yuborişga Yevropa taşqi harakatlar xizmatida siyosiy irodaning yöqligi tösqinlik qilişi mumkin», - deydi suriştiruv mualliflari. Yevropa parlamenti raisining örinbosari Martin Xoysik, aksinça, Logvinovning maqomidan qattiq xavotir bildirdi. «U hali çiqarib yuborilmaganidan hayratdaman. Agar Belgiya razvedka xizmatlari uni çiqarib yuborişni talab qilsa, Yevropa taşqi harakatlar xizmati nima uçun faol emasligini biliş menga juda qiziq bölardi», - dedi siyosatçi. Uning sözlariga köra, u Yevropa Ittifoqi parlamenti bu masalani körib çiqişini kutmoqda.
Suriştiruvda ta’kidlanişiça, Rossiyaning Bryusseldagi missiyasiga jiddiy çeklovlar qöyilganiga qaramay, Logvinov faol işlaşda davom etmoqda. 2022 yilda u Kremlga döst bölgan davlatlar – Ozarboyjon, Venesuela, Belarus, Misr, Eron, Xitoy, Kuba, Qirğiziston, Livan, Nikaragua, Şimoliy Koreya, Suriya va Tojikiston delegatsiyalari uçun köplab qabullar taşkil etişga muvaffaq böldi. Ulardan ba’zilari uçun u filmlar namoyişini taşkil qilgan. Masalan, «Buyraklar uçun tanklar» - Rossiya RT media-kompaniyasining Ukrainada mahalliy xavfsizlik xizmatlari iştirokida organ savdosi haqidagi suriştiruvi.
Rossiya josuslik markazi
Suriştiruv mualliflarining ta’kidlaşiça, Bryussel «rus josusligi markazi» hisoblanadi. Ukrainada keng kölamli uruş boşlanişidan oldin, Belgiya poytaxtida Rossiya razvedka xizmatlarining 200 dan ortiq xodimi, şu jumladan «SVR», Rossiya qurolli kuçlari Boş ştabi boş boşqarmasi (sobiq nomi - «GRU») va «FSB»ning Operatsion axborot va xalqaro aloqalar xizmati (5-xizmat) vakillari bölgan.
2022 yilda Rossiya razvedkasining faolligi keskin oşdi. Öşa yili 48 nafar rossiyalik Belgiyadan çiqarib yuborilgan. Ular orasida Rossiyaning Bryusseldagi elçixonasi, Rossiyaning NATO va YeIdagi vakolatxonalari xodimlari ham bor edi. Aksariyat hollarda haydalgan odamlar va Rossiya maxsus xizmatlari örtasida töğridan töğri aloqalar borligi aniqlangan, deyiladi suriştiruvda.












