Toşkent metropoliteni bekatlarida Handpay (qölni skanerdan ötkaziş orqali) tölaş tizimi işga tuşirilişi mumkin. Bu haqda ATTO tölov tizimi vakili Gazeta.uz’ga ICTExpo körgazmasida ma’lum qildi.

Kompaniya boş mutaxassis Otabek Alimovning sözlariga köra, mazkur yangilik Transport vazirligi, UZINFOCOM kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan.

«Biz bugun körgazma doirasida Handpay tizimini namoyiş etmoqdamiz. Bunda mijozlar skanerga qölini körsatişi orqali tölovni amalga oşiradi. Bu xizmatdan foydalaniş uçun ilovamizga Facepay [yölkirani odam yuzi orqali tölasa böladigan tizim] kabi ma’lumotlarni kiritiş kerak böladi, u esa hozirgi kunda Buyuk ipak yöli metro bekatida sinov tariqasida işlamoqda. Şu bilan bir paytda aholining yangi tizim borasidagi fikrlari hamda takliflari örganilmoqda», — dedi u.

Mutaxassis uning qaçon yölga qöyilişi borasida gapirarkan, Facepay tizimi barça metro bekatlarini 100 foiz qamrab olib, odamlar örganib olganidan söng boşlanişini qayd etdi. Undan foydalaniş haqida yöriqnoma işlab çiqiladi.

Sentyabr oyida Buyuk ipak yöli metro bekatining ikkala kiriş qismida Face ID qurilmasini sinovdan ötkaziş boşlangandi. Sinov muvaffaqiyatli ötsa, boşqa bekatlarda ham bu tizim paydo bölişi aytilgan.