Rossiya HAMAS harakati delegatsiyasini rasman qabul qildi. «HAMAS qarşilik harakati siyosiy byurosi a’zosi Abu Marzuk Moskvada. U bilan Ğazo sektorida garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qiliş böyiça Rossiya liniyasining davomi hamda Rossiya va boşqa çet el fuqarolarini evakuatsiya qiliş masalasi muhokama qilindi», — deya «Interfaks» agentligi Rossiya TIV bayonotidan iqtibos keltiradi.
Öz navbatida, HAMAS Rossiya prezidentining Yaqin Şarq va Afrikadagi maxsus vakili, Rossiya taşqi işlar vaziri örinbosari Mixail Bogdanov bilan Moskvada uçraşuv bölib ötganini tasdiqladi. «Harakat delegatsiyasi sionistlarning Ğazo sektoriga bölgan tajovuzini hamda AQŞ va Ğarb tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan sionistik jinoyatlarni töxtatiş yöllarini körib çiqdi», - deyiladi HAMASning Rossiya Telegram-kanallari orqali bergan bayonotida.
Ayni vaqtda, Eron taşqi işlar vazirining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Ali Bageri Qani Moskvaga taşrif buyurdi. Rossiya TIV xabariga köra, muzokaralar çoğida Eron yadro dasturi masalalari, şuningdek, Kavkazortidagi hozirgi vaziyat muhokama qilingan.
7 oktyabr kuni HAMAS jangçilari Isroilga hujum uyuştirdi. Öşandan beri Isroil HAMAS nazorati ostidagi aholi ziç joylaşgan Falastin hududlariga yirik havo hujumlarini amalga oşiryapti.












