AQŞ prezidenti Jo Bayden Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon orqali suhbatda «Ğazo sektoridagi tinç aholiga insonparvarlik yordami oqimini zudlik bilan va sezilarli darajada oşiriş» zarurligini ta’kidladi. Bu haqda 29 oktyabr, yakşanba kuni Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat çoğida Bayden yana bir bor Isroilning öz fuqarolarini himoya qiliş huquqini ta’kidlab, buni xalqaro huquq normalariga mos ravişda amalga oşiriş va tinç aholi xavfsizligini birinçi öringa qöyiş zarurligini ta’kidladi, deyiladi hujjatda. Yana bir muhokama mavzusi Ğazo sektorida HAMAS taşkiloti tomonidan garovga olinganlarni, jumladan, AQŞ fuqarolarini topiş va ozod qiliş harakatlari böldi.
Ğazo sektorida garovga olinganlar soni
29 oktyabr oqşom holati böyiça, 7 oktyabr kuni HAMAS taşkiloti Isroilga hujumi çoğida garovga olinganlarning tasdiqlangan soni 239 kişini taşkil etadi.
28 oktyabr kuni Isroil tomoni garovga olinganlar orasida 138 kişi xorijiy fuqarolikka ega bölganini ma’lum qildi. Boşqa narsalar qatorida, gap Tailand fuqaroligiga ega 54 kişi, Argentina fuqaroligiga ega bölgan 15 kişi, AQŞ fuqaroligiga ega bölgan 12 kişi, Germaniya fuqaroligiga ega 12 kişi, şuningdek, Fransiya va Rossiya pasportiga ega 6 kişi haqida bormoqda.
XJS prokurori Xon: Humanitar yordamga tösqinlik qiliş uruş jinoyati bölişi mumkin
Avvalroq, 29 oktyabr kuni Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokurori Karim Xon Misrning Ğazo sektori bilan çegarasidagi Rafah nazorat-ötkaziş punktiga taşrif buyurganidan söng, insonparvarlik yordami yetkazilişiga tösqinlik qiliş uruş jinoyati bölişi mumkinligini aytdi.
«Jyeneva konvensiyalarida közda tutilgan yordam yetkazilişiga tösqinlik qiliş Xalqaro jinoiy sud yurisdiksiyasi doirasidagi jinoyatni taşkil qilişi mumkin», — deya Xonning sözlarini keltiradi AFP. XJS prokurorining sözlariga köra, Isroilga murojaat qilib, u Ğazo sektoridagi tinç aholini asosiy oziq-ovqat va dori-darmonlar bilan ta’minlaş uçun tezkor harakat qiliş zarurligini ta’kidlamoqçi.
«Men yordam yuk maşinalarining heç kim xohlamagan joyda, Misrda, Rafahda qolib ketganini kördim», dedi Xon.
Avvalroq OAV amerikalik milliarder Ilon Mask Isroil Boş xavfsizlik xizmati (ŞABAK) rahbari Ronen Bar bilan boğlanib, Amerika va Isroil xavfsizlik xizmatlari tomonidan tekşirilganidan söng, Ğazo sektorida işlaydigan tasdiqlangan humanitar taşkilotlar uçun Starlink terminallari orqali aloqa imkoniyatlarini taqdim etişga tayyorligini aytgani haqida xabar bergan edi.













