BMT Inson huquqlari kengaşi tuzgan mustaqil xalqaro tergov komissiyasi 26-oktabr kuni Isroilning Ğazodagi harakatlari böyiça hisobot eʼlon qildi. Komissiya imzolagan hujjatda (pdf) Isroil 2025-yil oktabrdagi öt oçişni töxtatiş kelişuvidan keyin ham Ğazoda genotsid harakatlarini sodir etişda davom etayotganini maʼlum qilingan. BMT Boş Assambleyasiga taqdim etilgan hujjat Isroilda 2023-yil 7-oktabrdagi Hamas hujumidan keyingi ilk parlament saylovi arafasida çiqdi. Isroilning özu bu hisobotni qatʼiy rad etmoqda.

Hisobotda nimalar bor?

Komissiya 2023-yil oktabrdan buyon Isroil va Falastin xavfsizlik kuçlari sodir etgan qotillik va jarohatlarni örgandi. Reuters'ning yozişiça, hujjatda Isroil kuçlari öt oçişni töxtatiş davrida ham aholi ziç yaşaydigan hududlarda oğir va boşqarilmaydigan bombalar, dronlar hamda snayperlardan foydalanişda davom etgani qayd etilgan. 2025-yil 10-oktabrdan 2026-yil 30-sentabrgaça Isroil hujumlarida Ğazoda 1431 kişi, jumladan, kamida 300 bola öldirilgan.

23-oktabrdagi Isroil hujum oqibati / Foto: Reuters

Ğazoning Isroil nazoratidagi qismi esa kelişuvda belgilangan 53 foizdan kamida 60 foizgaça kengaygan. Vaqtinçalik deb eʼlon qilingan «Sariq çiziq» amalda yangi çegaraga aylangan. Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyahu 2026-yil may oyida Ğazoning 70 foizini egallaşni buyurganini aytgandi.