Demak, Isroilda boş vazir almaşişi mumkin, ammo bu Ğazo, Eron va Falastin masalalarida yangi uruşlar xavfi kamayişini anglatmaydi. Aksinça, vaziyat yanada murakkablaşişi ehtimoli mavjud.
Netanyahu hokimiyatdan ketsa, Isroilning Ğazo, Eron va Falastin davlati masalalaridagi siyosati qançalik özgaradi?
Farhod Karimov: Likud va Yaşar partiyalarining dasturlariga qaraydigan bölsak, ular örtasida katta farq yöq. Yaşar partiyasini sobiq likudçilar va harbiylar taşkil qilgan. Hozir ham partiyaning asosiy tarkibini sobiq harbiylar taşkil etadi. Ular Eronga nisbatan yumşoqroq munosabatda böliş pozitsiyasini emas, aksinça, uruşni oxirigaça yetkaziş kerak, degan qaraşni ilgari suradi. Yaʼni muxolifat hokimiyatga kelgan taqdirda ham, Netanyahu boş vazirlikni boşqa şaxsga, masalan, Ayzenkotga topşirsa ham, köp narsa özgarişi dargumon. Na içki, na taşqi siyosatda keskin özgarişlar kutiladi.
Çunki hozir ğoyalar va siyosiy qaraşlar kuraşidan köra, şaxslar örtasidagi raqobat kuzatilmoqda. Gap, asosan, Netanyahuni hokimiyatdan ketkaziş haqida bormoqda. Bundan taşqari, Ayzenkot blokining özi ham turli siyosiy qaraşdagi kuçlarni birlaştirgan: uning tarkibida sölçilar ham, markazçilar ham, öngçilar ham bor. Biroq markazçi kuçlarning aksariyati öng markazga moyil. Ularning arablar va Hamas masalasidagi pozitsiyasi ham, umuman olganda, bir-biriga yaqin. Hatto Hamas borasida Ayzenkotning pozitsiyasi Likudnikidan ham keskinroq. U Hamasni butunlay yöq qiliş va Ğazo masalasiga uzil-kesil nuqta qöyiş tarafdori.
Kamoliddin Rabbimov: Ayzenkot koalitsiyasida “Isroil – bizning uyimiz” partiyasi rahbari Avigdor Libermanning ham borligini bir neça bor taʼkidladik. Libermanning aytişiça, 7-oktabrgaça Qatar, Birlaşgan Arab Amirliklari va boşqa davlatlar Hamasga pul bergan, Netanyahu esa bu mablağlarning Hamasga yetkazilişiga har safar ruxsat bergan. Yaʼni, uning fikriça, Hamasning kuçayişida Netanyahuning ham bevosita iştiroki bor.
Ayzenkot esa 7-oktabrdan keyin Hamas bilan uruşda yaqinlarini yöqotgan generallardan biri. Uning nafaqat öğli, balki boşqa qarindoşlari ham halok bölgan.
Netanyahu esa bu uruşda yaqin qarindoşlarini yöqotgani yöq. Şu sababli Isroil jamiyatida Ayzenkot bir tomondan qasos olişga intiluvçi, ikkinçi tomondan esa siyosiy qaraşlarini hali töliq oçiqlamagan şaxs sifatida köriladi. Agar u hokimiyatga kelsa, uning asl siyosiy pozitsiyasini, xususan, Falastin masalasi va qöşni arab davlatlariga munosabatini yaxşiroq anglaş mumkin böladi. Hozirça bu borada u aniq pozitsiyasini köp ham oşkor qilgani yöq. Umuman olganda, partiyalar pozitsiyasida fundamental farq mavjud emas. Hatto Libermanning ayrim masalalardagi rasmiy pozitsiyasi Netanyahunikidan ham öngroq.















