Doğistondagi Mahaçqal’a aeroportida tartibsizliklar taşqi aralaşuv natijasidir. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
«Mahaçqal’a aeroporti atrofidagi voqea asosan taşqi aralaşuv, jumladan, taşqi axborot ta’sirining natijasidir. Ğazo sektoridagi dahşatni körsatuvçi televizion kadrlar fonida odamlarni ğazablantiriş oson», — dedi Kreml matbuot kotibi jurnalistlarga.
Uning sözlariga köra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Doğistondagi vaziyat böyiça batafsil hisobotlar olyapti.
Peskovning sözlariga köra, Putin Mahaçqal’a voqealaridan söng 30 oktyabr kuni katta yiğiliş ötkazadi, unda Ğarbning «Yaqin Şarqdagi voqealardan Rossiya Federatsiyasidagi jamiyatni parçalaş uçun foydalaniş» urinişlari muhokama qilinadi.
Mahaçqal’a aeroportida tartibsizliklar 29 oktyabr oqşomida Ğazo sektoridagi voqealar çoğida Isroildan kelgan samolyot tufayli boşlangan. Namoyişçilar va huquq-tartibot kuçlari örtasida töqnaşuvlar yuz berdi. 20 dan ortiq kişi jarohatlangan.
Matbuot kotibi, şuningdek, Ğarbdan Rossiya Federatsiyasiga xavfsizlik böyiça «yangi takliflar» yöqligini aytdi.
Bu haqda u amerikalik iqtisodçi Jyeffri Saksning Rossiya prezidenti Vladimir Putinning xavfsizlik sohasidagi takliflariga qaytiş zarurligi haqidagi fikrini izohlar ekan aytib ötdi.
«Hozir boşqa variant yöq, boşqa takliflar yöq, bu iqtisodçining nuqtai nazari, boşqa narsa emas. Bizning zamonamizda, ayniqsa Ğarbning meynstrimida juda kam uçraydigan fikr», dedi Peskov.












