Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va uning rafiqasi Olenaga tegişli bölgan kvartira kimoşdi savdosi orqali sotildi. Qrimning Yalta şahrida joylaşgan uy-joy uçun xaridor 44,3 million rubl (5,8 mlrd söm) töladi, bu boşlanğiç bahodan 20 million rubl köproq. Xaridor kvartira Ukraina prezidenti oilasiga tegişli ekanini bilmaganini aytdi. 

Kimoşdi savdosi Rossiya davlat va munitsipal mulk obektlarini sotiş böyiça auksionlar ötkaziladigan «GIS Torgi» portalida elektron şaklda ötkazilgan. Kvartira uçun faqat ikki iştirokçi kuraşgan. Yakunda moskvalik Olga Lipovetskaya ğolib deb topilgan. Uning turmuş örtoği Igorning qöşimça qilişiça, özi ham, rafiqasi ham ötmişda kvartira kimga tegişli ekanini kimoşdi savdosi tugaguniga qadar bilmagan. 

Zelenskiy oilasining sobiq kvartirasi Livadiya qişloğida, «Imperator» elita turar-joy majmuasining beşinçi qavatida joylaşgan. Uy-joy Olena Zelenskaya nomiga röyxatga olingan. U kvartirani 2013 yilda sobiq deputat Aleksandr Buryakdan 163,8 ming dollarga (2 mlrd söm) sotib olgan. 

Qrim yarimoroli 2014 yilda Rossiya tomonidan istilo qilingaç, köplab mulklarni musodara qiliş kampaniyasi boşlandi. Jumladan, Igor Kolomoyskiy, Rinat Axmetov, Arseniy Yatsenyuk, Nestor Şufriç, Sergey Taruta va boşqa köplab ukrainalik oligarxlar, siyosatçilar va biznesmenlarning mulki Rossiya tomonidan özlaştirildi. 

Şuningdek, Qrim Davlat kengaşi 2023 yil 24 may kuni Yaltadagi Zelenskiy kvartirasini ham musodara etiş töğrisidagi qarorni qabul qildi. Yarimorolga Rossiya tomonidan rahbar qilib tayinlangan Sergey Aksyonov sözlariga köra, 2014 yildan beri Qrimda 700 ta obekt musodara qilingan.