BMT Inson huquqlari böyiça Oliy komissari boşqarmasi (OHCHR) Ukrainaning Harkiv viloyati, Groza qişloğida 59 kişining ölimiga sabab bölgan raketa zarbasi yuzasidan olib borilgan tergov yakunlari böyiça hisobotni (.pdf) e’lon qildi.

Hisobot BMT mutaxassislari tomonidan öqqa tutilgan joyni tekşiriş, şuningdek, mahalliy aholi, guvohlar, omon qolgan ikki kişi, tibbiyot xodimlari va ölikxona xodimlaridan iborat 35 kişining körsatmalari asosida tuzilgan. 

Tekşiruvdan söng BMT ekspertlari halok bölgan 59 kişining barçasi tinç aholi ekani haqidagi xulosaga kelgan. 

«Ma’raka vaqtida hodisa joyida yoki uning yonida qonuniy harbiy nişonlar mavjudligiga oid heç qanday dalil topilmadi», deyiladi hisobotda. 

Mualliflar xulosasiga köra, Rossiya harbiylari nişon harbiy maqsad ekanini tekşiriş uçun barça imkoniyatni işga solmagan yoki ataylab tinç aholini nişonga olgan. Ikkala holat ham xalqaro huquqning buzilişi ekani aytilmoqda. 

Hodisa yuzasidan BMT Rossiyaga xalqaro gumanitar qonunlarga rioya qilişni, harbiy amaliyotlar çoğida tinç aholi xavfsizligi haqida qayğurişni va jabrlanganlarga munosib tovon tölaşni ta’minlaşni tavsiya etgan. 

Rossiya harbiylari 5 oktyabr kuni Ukrainaning Groza qişloğiga raketa zarbasini berdi. Unda uruş boşida halok bölgan ukrainalik harbiy Andrey Kozirni xotirlaş marosimi ötkazilayotgan edi. Zarba oqibatida 59 kişi halok böldi. Rossiyaning BMTdagi vakili Vitaliy Nebenzya sözlariga köra, bu «yuqori martabali natsist»ning ma’rakasida «uning köplab natsist şeriklari» yiğilgan edi.