Rossiyada «Vagner» XHKga askarlarni yollaş qayta boşlandi. Jangovar tajribaga ega bölgan rossiyaliklarga Perm va Novosibirskda XHK bölimlariga taklif qilinayotgani haqida, jumladan, mintaqaviy OAV - 59.ru va Ngs.ru xabar berdi. 

59.ru naşri, xususan, «Vagner» XHK boşqaruvi kompaniya asosçisining öğli Pavel Prigojinga ötgani va u bölinma sifatida Rossiya gvardiyasi tarkibiga kirganini yozadi. Naşrga ismini oşkor etmagan manbaning aytişiça, qabul qilinganlarga xizmat qiliş joyiga qarab 80 mingdan 240 ming rublgaça maoş taklif qilinmoqda. Minimal şartnoma muddati - olti oy. 

Novosibirskdagi Ngs.ru naşri «Vagner» XHK mahalliy idorasidagi manbaga tayanib, 1 noyabr kuni qabul qiliş «ikki-uç kundan beri» davom etayotgani va «ular jinoiy iş bilan boğliq yoki kasal odamlarni hali qabul qilmayotganini» yozdi.

Jangovar tajribasi bölmagan, OIV va gepatit bilan kasallangan kişilar jalb qilinyapti

«Vajnyye istorii» naşri 27 oktyabr kuni «Vagner» XHKga qabul qiliş qayta boşlangani haqida yozgan. XHK yollanma askarlarining qarindoşlari çatlarida va guruhga aloqador Telegram-kanallarida işga oliş haqidagi e’lonlar paydo böldi, biroq birmunça vaqt ötgaç, u öçirib taşlandi. Şu munosabat bilan Telegram’dagi «Vagner» XHK guruhi ma’muri «Vajnyye istorii»ga «Işga qabul qiliş böyiça postga tuşuntirişlar berilişini» aytdi. 

«Vajnyye istorii»ga köra, guruh Ukrainada ilgari jang qilmaganlarni, şuningdek, armiyada xizmatda bölmaganlarni, şu jumladan OIV va gepatit bilan kasallanganlarni jalb qilyapti. Oyoq-qöllari kesib taşlangan odamlarning nomzodlari ham «individual tartibda» körib çiqilyapti.