Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning muzokaralari ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari iştirokida kengaytirilgan tarkibda davom etdi.

Davlatimiz rahbari uçraşuvni oçar ekan, Fransiya prezidentiga rasmiy şaxslar, yetakçi kompaniyalar rahbarlari, taniqli madaniyat va fan arboblaridan iborat nufuzli delegatsiya boşçiligida Özbekistonga kelgani uçun minnatdorlik bildirdi.

– Bu sizning Özbekiston-Fransiya döstlik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaşga şaxsiy e’tiboringiz va alohida yondaşuvingizning yorqin tasdiğidir, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi uçraşuvlar tufayli ikki mamlakat munosabatlari keng qamrovli tus olgani ta’kidlandi.

Tomonlar faol siyosiy aloqalarni, parlamentlar, hukumatlar, taşqi siyosiy va iqtisodiy idoralarning muntazam muloqotini davom ettirişga kelişib oldilar.

Hisob-kitoblarga köra, yaqin orada 1 milliard yevroga yetişi kutilayotgan tovar ayirboşlaş jadal ösayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy va istiqbolli loyihalar portfeli 10 milliard yevrodan ziyodni taşkil etmoqda.

Yurtimizda Fransiyaning Orano, EDF, Total, SUEZ, Eiffage, Voltalia, Lactalis, Veolia va köplab boşqa yetakçi kompaniyalari muvaffaqiyatli iş olib bormoqda.

Davlatimiz rahbari qazib oliş tarmoği, strategik xomaşyo resurslarini qayta işlaş, gibrid, quyoş va şamol elektr stansiyalarini quriş, suv ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qiliş, «aqlli» qişloq xöjaligini joriy etiş, şahar va transport infratuzilmasini rivojlantiriş, turizmni hamkorlikning ustuvor sohalari sifatida qayd etdi.

Işbilarmonlar örtasidagi şeriklikni ilgari suriş uçun Özbekiston-Fransiya savdo palatasi işga tuşişi hamda Toşkentda Business France agentligining ofisini oçiş rejalaştirilayotgani e’lon qilindi.

Gumanitar sohadagi hamkorlikni çuqurlaştiriş maqsadida uç yillik dastur qabul qiliş va uning doirasida özaro Madaniyat kunlarini ötkaziş taklif qilindi.

Tomonlar Samarqand şahrida Fransiya alyansi filiali oçilişini olqişladilar hamda qöşma oliy ta’lim muassasasini taşkil etişni jadallaştirişga kelişib oldi.

Fransiyaning turli şaharlaridan Samarqand, Buxoro va Xivaga charter reyslarni taşkil etgan holda sayyohlar almaşinuvini rivojlantiriş dasturini işlab çiqiş taşabbusi ilgari surildi.

Xalqaro kun tartibidagi masalalar, xavfsizlikka umumiy xatar va tahdidlarga qarşi kuraşiş böyiça hamkorlikni davom ettiriş yuzasidan fikr almaşildi.

Uçraşuv yakunida Özbekiston yetakçisi Fransiya prezidentiga 2024 yilda Parij şahrida yozgi Olimpiya öyinlari muvaffaqiyatli ötişini tiladi.

Davlat rahbarlari erişilgan barça kelişuvlarni amalga oşiriş böyiça «yöl xaritasi»ni tayyorlaşga topşiriq berdi.