Rossiya Adliya vazirligi 3 noyabr, juma kuni «çet el agentlari» reyestrini yana kengaytirdi. Idora saytidagi xabarga köra, röyxatga yana beş kişi kiritildi.
«Çet el agenti» maqomi jurnalist, tele va radioboşlovçi Dmitriy Gubinga, «Dojd» sobiq muxbiri va «Xodorkovskiy LIVE» Youtube-kanali boşlovçisi Dmitriy Yelovskiyga, publitsist va Agentura.ru naşri boş muharriri Andrey Soldatovga, siyosatşunos Mariya Snegova, şuningdek, huquqşunos va sobiq tergovçi Kirill Kaçurga berildi.
Adliya vazirligi ma’lumotlariga köra, röyxatga kiritilgan şaxslar Ukrainadagi «maxsus harbiy operatsiya»ga qarşi bölgan yoki Rossiya hukumati tomonidan qabul qilingan qarorlar va Rossiya Qurolli kuçlarining harakatlari töğrisida «notöğri ma’lumot» tarqatgan yoxud Rossiya va qurolli kuçlarning salbiy imijini yaratişga qaratilgan harakatlarni sodir etgan. Xabar qilinişiça, ular Rossiya Federatsiyasidan taşqarida yaşaydi. Kaçurdan taşqari hammasi boşqa «çet el agentlari» tomonidan yaratilgan materiallarni tarqatişda ham qatnaşgan, deya ta’kidlaydi mahkama.
Şu bilan birga, Adliya vazirligi tomonidan Oltoy Respublikasidagi «Tuba kalik» mintaqaviy milliy-madaniy jamoat taşkiloti tugatilgani sababli «çet el agentlari» reyestridan çiqarildi.
Rossiyada «çet el agentlari» töğrisidagi qonun
Rossiyada «çet el agentlari» töğrisidagi qonun 2012 yilda paydo bölgan. Öşandan beri bir neça yuzlab taşkilotlar va şaxslar taqiq röyxatiga kiritilgan. Jismoniy şaxslar – «çet el agentlari» reyestri 2022 yil aprel oyi boşida işga tuşirilgan bölib, u NNTlar – «çet el agentlari», OAV – «çet el agentlari» va röyxatdan ötmagan taşkilotlar – «çet el agentlari» röyxati bilan bir qatorda törtinçi röyxat böldi. 2022 yil dekabr oyidan boşlab qonun, Rossiya rasmiylariga köra, «çet eldan yordam oladigan» va «xorijiy ta’sir ostida» bölganlarni «çet el agentlari» deb e’lon qiliş imkonini beradi.












