Rossiya Içki işlar vazirligi Migratsiya masalalari boş boşqarmasi boşliği Valentina Kazakovaning ma’lum qilişiça, departament noqonuniy migrantlarning Rossiyada avtomaşinalarini röyxatdan ötkaziş, bank hisob raqamlari oçiş va nikoh qurişni taqiqlovçi qonun loyihasini tayyorlagan. Uning sözlariga köra, bunday qonun noqonuniy migrantlarni aniqlaş va ularni Rossiya Federatsiyasi hududidan «çetlatiş» imkonini beradi.
«Agar siz noqonuniy migrant bölsangiz, uşbu xizmatlardan foydalaniş huquqiga ega bölmasligingiz kerak», dedi Valentina Kazakova. Uning sözlariga köra, qonun loyihasi tez orada Davlat Dumasiga körib çiqiş uçun yuboriladi.
Valentina Kazakova xorijlik şaxsning elektron avtorizatsiyasi va u haqidagi ma’lumotlar kiritiladigan raqamli profili masalasi ham hozirda muhokama qilinayotganini eslatdi.
«Ya’ni, migrant Rossiya Federatsiyasiga kiriş niyati borligini ma’lum qilişi kerak böladi. Va bu, albatta, bizda mavjud bölgan salbiy holatlarni kamaytiradi», deb qöşimça qildi u.
1 noyabr kuni Davlat Dumasiga yangi qonun loyihasi kiritildi, unga köra Rossiya fuqarolarining migrant turmuş örtoqlari uçun vaqtinçalik yaşaş uçun ruxsatnoma faqat bunday nikoh tuzilgan kundan boşlab ikki yil ötgandan keyin berilişi kerak. Özgartiriş mualliflari, şuningdek, ota-onalik huquqi yoki nikohi sud tomonidan bekor qilingan şaxslardan vaqtinçalik propiskani olib qöyişni taklif qilmoqda. Yangiliklar soxta nikoh va farzand asraş amaliyoti orqali yaşaş uçun ruxsatnoma olişga intilayotgan migrantlarga tösiq sifatida körilmoqda.












